Jan Dominik Bobi Skafandr va kapalak qissa Elektron kutubxona Oqimtir nur ko'rimsiz parda ortida tong otayotganidan darak bermoqda Oyoq og'rig'i bosh og'rig'i go'yo skafandr butun tanamni siqayotgandek azob laydi Mening palatam asta sekin zulmatdan ozod bo'lmoqda Menga aziz bo'lgan insonlarning suratlarini bolalar chizgan rasmlarni kechagina oshnam Rubedan jo'natgan mittigina velosipedchi haykalchasini va karavotim tepasidagi tokchani tomosha qilaman Yarim yildan beri shu karavotda yotaverib o'zimni dunyodan uzilib qolgan bir maxluqdek his qilar edim Qaerdaligimni anglashim o'tgan yilning 8 dekabr juma kunida hayotim ostin ustun bo'lib ketganini eslashim uchun menga ko'p vaqt kerak emas Shu paytgacha miya sopi haqida eshitmagan ekanman Aynan o'sha kuni miyamizning asosiy qismi qanday ekanligini miya va asab tolalarining qanday bog'liqligini yurak qon tomir tizimining buzilishi yuqorida aytilgan miya sopini ishdan chiqarishini tushunib etdim Ilgari buni miyaga qon quyilishi deb atashardi va bundan odamlar shunchaki o'lib ketaverishar edi Jonlantirish bo'limi asbob uskunalarining rivojlanishi bu azoblarni engillashtirdi Tirik qolish ehtimoli bor lekin siz anglosaks tibbiyotida aytilgan locked in syndrome 1 iga mahkum qilinasiz boshdan oyoq falaj bemor o'z tanasiga qamab qo'yiladi u fikrlaydi lekin bu sezilmaydi yagona aloqa vositasi bo'lib faqat chap ko'zini qisish qoladi Qarangki taqdir tomonidan shunday iltifot ko'rsatilgani haqida eng avvalo bilishi kerak bo'lgan insonga oxirida xabar berildi Men yigirma kun hushsiz yotdim va fojianing zalvorini anglashimdan oldin bir necha kun noaniqlik girdobida qoldim Yanvarning oxirida aynan shu Berks kasalxonasining derazasidan ilk tong shulasi tushib turgan palatada butunlay o'zimga keldim Bu eng oddiy tong Soat ettidan boshlab har chorak soatda vaqt o'tayotganidan xabar beruvchi qo'ng'iroqlar chalinadi ...

Joylangan
06 Mar 2023 | 16:36:06
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
351.34 KB
Ko'rishlar soni
573 marta
Ko'chirishlar soni
96 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:40
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
06 Mar 2023 [ 16:36 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
351.34 KB
Ko'rishlar soni
573 marta
Ko'chirishlar soni
96 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:40 ]
Arxiv ichida: pdf