Chingiz Aytmatov Qiyomat roman ChINGIZ AYTMATOV QIYoMAT Roman Rus tilidan Ibrohim G'AFUROV tarjimasi Toshkent G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti 1989 BIRINChI QISM I Qishning qisqa kuni norasta nafasiday birpasgina ilib turdi yu tog'larning kungay betlarida ko'p o'tmay havoning avzoyi buzildi muzliklardan sovuq shamol izg'idi dara o'ngirlarga erta tushgan xufton qorong'iligi shitob bilan yoyildi qor quyunli kechaning izg'irin sovug'i turdi Tevarakka qalin qor tushgan Tabiatning bebosh xohishiga ko'ra xuddi to'rt tomonga o't ketganday bundan ikki kun burun to'sindan qattiq qorbo'ron quturib o'tgan Issiqko'l tog' tizmalari qor ko'rpalari bilan qoplanib yotardi Tog'lar qora quyun ichra g'oyib bo'ldi osmon ko'zdan yo'qoldi atrof javonib ko'rinmay qoldi So'ng sukunat cho'kdi havoning rang ro'yi ochildi O'shandan buyon qish bo'roni tinib o'ngu so'li jami qor zabtida qolgan tog'lar yotsirab jimjit ayozda xo'mraygancha qotib turardilar Faqat o'sha kunbotar chog'ida Uzun Chot darasi bo'ylab osmonning uzoq shamolgohida sallador bulutlar qo'ynida tutab yotgan Ola Mo'ngu muz dovoni sari o'tib borayotgan og'ir vertolyotning guldiragan ovozi dam sayin yaqinlashib kuchaygandan kuchayib borar va nihoyat atrof tumonat tovush hamda yorug'likdan bo'lak hech narsa etib borolmaydigan cho'qqilar tizmalar mangu ko'k muzliklarni tamom o'z hukmiga oldi Tog'u toshlarga urilib avvalgisidan yana beshbadtar zo'raygandan zo'raygan qaldiroq boshlar uzra shunchalar ayovsiz dahshat solar ediki go'yo yana ozgina shunday davom etsa yana o'sha yer qimirlaganiday qiyomat qoyim qo'padiganday edi O'zi shunga yaqinlashib ham qoldi vertolyot uchib o'tarkan yo'l ustidagi shamollar yalab ketgan tik qoya bag'ridan guldurosning zo'ri tufayli tosh uyumlari ko'chib o'rnidan qo'zg'aldi da so'ng yana shu zahoti xuddi qon quyulganday aylanib to'xtadi Xuddi shuni kutib ...

Joylangan
06 Mar 2023 | 19:13:20
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
775 marta
Ko'chirishlar soni
320 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:36
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
06 Mar 2023 [ 19:13 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
775 marta
Ko'chirishlar soni
320 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:36 ]
Arxiv ichida: pdf