O'TKIR HOShIMOV QALBINGGA QULOQ SOL qissa https telegram me ekutubxona 1 BIRINChI QISM Qish keldi Kechagina bemorning ingrashidek hazin kuz sadolariga to'lgan bog'lar bugun jimib qoldi Xazon shitirlamaydi yalang'och shoxlarga arg'amchi osgan mezon lar chayqalmaydi Qish keldi shaharda uni darrov payqashmadi ham To'g'ri talabalar allaqachon paxtadan qaytib yomg'irdan ivigan bog'lar yana oshiq mashuqlarning shivir shivi riga to'ldi Avtomat telefon budkalaridan tag'in atir isi keladigan bo'lib qoldi Kinoteatr kassasi oldida yomg'irdan qochib navbat kutayotganlar ko'paydi Ammo haqiqiy qish birinchi qor yoqqanida bilindi Yodgor shu kuni tushdan keyin kutubxonaga borgandi Hali imtihonlar uzoq bo'lgani uchunmi zalda o'n o'n besh kishidan bo'lak hech kim yo'q edi Kutubxonada vazmin bir sukunat hukm surar chiroqlar yoqib qo'yilgan tashqarida esa yomg'ir shovillardi Yodgor bug'lanib ketgan deraza yoniga o'tirgancha mutolaaga berildi Qor yog'ayapti dedi allakim o'ychan ovozda Yodgor birdan eti uvushgandek derazaga qaradi Oqshom tushib tashqari qorong'ilashib qolgan gu pillatib yirik yirik qor yog'ardi Yodgor yomg'irning shovullashi allaqachon tinganini endi payqadi Har sa far birinchi qor yog'ayotganini ko'rganida uning qalbini allaqanday tushunib bo'lmas etni junjiktiruvchi o'ychan tuyg'u qamrab olar elkasidan og'ir bir yuk bosib tusha yotgandek bo'laverardi Shu topda zalda o'tirgan boshqa https telegram me ekutubxona 2 odamlar ham negadir bir lahza sukutga ketishgan hamma tashqariga qarab o'tirardi Qor qop qorayib yotgan ho'l asfaltga tushib tez erib ketar onda sonda g'ildiraklarini sharillatib mashina lar o'tib qolar ularning ham ovozi odatdagidan bo'g'iqroq chiqayotganga o'xshardi Bora bora ko'cha betidagi uyning qiya tomi oppoq bo'lib qoldi Keyin asta sekin ko'chaning o'zi ham oqara boshladi Yodgor Italiya arxitekturasiga oid gaplarni yana ...

Joylangan
06 Mar 2023 | 19:15:23
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
823.17 KB
Ko'rishlar soni
1414 marta
Ko'chirishlar soni
691 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:44
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
06 Mar 2023 [ 19:15 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
823.17 KB
Ko'rishlar soni
1414 marta
Ko'chirishlar soni
691 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:44 ]
Arxiv ichida: pdf