JALOLIDDIN RUMIY IChINDAGI IChINDADUR Falsafiy ma'rifiy asar MOHIYaT KAShShOFI Bu asar insonni fikrlashga fikrlash orqali o'zligini o'zligi orqali Haqni Yaratganni tushunishga undaydi Shuning uchun ham Ichindagi ichindadur ga bir marta oshno bo'lgan ko'zi ochiq insonki bor umrbod undan ayrilmasam deydi Chunki asar avvalo o'sha inson haqida siz haqingizda men haqimda umuman hammamiz haqimizda Bizning o'zligimizni bilishimiz haqida Axir olamda bundan qiziqarliroq bundan muhimroq yana nima bor Mashoyixlar O'zini bilgan avliyo bo'ladi deya bejiz aytishmagan Hazratning o'zi shunday deydi Rivoyat qiladilarki bir podshoh o'g'lini hunarmandlar to'piga qo'shib qo'yibdi Ular bolaga turli bilimlardan jumladan ilmu nujumdan dars berishibdi Shoh o'g'li butunlay ahmoq bo'lgani holda o'ziga o'rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib o'g'liga Bunda ne bor debdi Bola Qo'lingdagi dumaloq sariq va ichi bo'sh narsadir degach hukmdor hayratda qolib Alomatlarini to'g'ri aytding ismini ayt deb buyuribdi O'g'il G'alvir bo'lsa kerak deb javob beradi Podshoh Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat belgilarni aniq ayting u ammo g'alvirning hovuchga sig'masligiga qanday qilib farosating etmadi dedi afsus chekib Xuddi shunday deb davom etadi Rumiy hazratlari zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar o'zlariga bog'liq bo'lmagan narsalarni juda yaxshi biladilar ammo o'ta muhim o'zlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bo'lganni yani o'zlarini bilmaydilar Hamma narsadan yaqin bo'lgan borliq bu ularning menligi Mavlono Rumiy insonni avvalo ko'zini ochishga va ochilgan ko'zlar bilan o'z mohiyatiga nazar tashlashga undaydiki bu bilan ul valiy zot insonning o'zi bir butun olam kichik olam ekanligini uqtiradi Ichindagi ichindadur asari ulug'vorlik va ...

Joylangan
15 Mar 2023 | 16:05:48
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
205 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:40
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
15 Mar 2023 [ 16:05 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
435 marta
Ko'chirishlar soni
205 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:40 ]
Arxiv ichida: pdf