E. A'zam - Shovqin romani

E. A'zam - Shovqin romani

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
E. A'zam - Shovqin romani - rasmi

Material tavsifi

Roman Qissa Hikoyalar Toshkent O ZBEKISTON 2011 Kitobni Olga Joldasova bezagan Roman qissa va bir turkum hikoyadan tarkib topgan ushbu to'plamni sog'inch kitobi qo'msovlar kitobi desa bo'ladi Darvoqe o'tgan har bir lahza asli tarix adabiyot esa asosan kechgan voqelik holatlar vaziyat lar taqdirlar tasviri bilan ish ko'radi Nafsilamri kechagi kunlaru qilmish qidirmishlardan qochib bekinib yashab bo'larmidi ayting Ammo muallif bunda o'tmish umr sog'inchi yoxud odatdagi qo'msov nos talgiyani maqsad qilgan emas boshqa dard muddaolar ham borki kitobni o'qiganda anglaysiz Olis shahar olis kechmishlar Roman 1 Bir xushxabar va sirli otdosh Olis bir shahardan ketma ket kelgan bu qo'shaloq xabar Farhod Ramazonni shoshirib qo'ygan edi Shoshirib emish ko'p yillar burun boshidan kechgan eski savdolarni qayta tig'lab nari berisini aytmaganda bir maromda borayot gan bugungi turmushini alg'ov dalg'ov qilib yubordi desa bo'ladi To'g'ri da yaxshidir yomondir o'tgani o'tdi bun dan bu yog'i ham shunday bir navi jilaverishi hech gap emas Lekin nogahon chaqmoq chaqnagan misol bari ostin ustin bo'lib ketdi Dastlabkisi elektron pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi Farhod dunyoda kimdan kutgan bo'lsa kutgandirki shu odamdan biron xat xabar olishni yana tag'in deng bunday hayratomuz xushxabarni aslo xayo liga keltirmagan Farhodjon sizni chin dildan qutlayman deya sa mimiy takalluf ila boshlanardi bitik To'ydan oldin nog'ora qoqmayin degan andishada sizga malum qilmagan edim Xabaringiz bordir men ko'pdan buyon Hollivud kinokompaniyalari bilan muzoqara yuritib kelaman har qalay kiroyigina munosabat bog'lab oldim shekil li Ammo kechagi kunga qadar aytarli bir natija yo'q edi Tasodifan Toshkentda chiqadigan Zvezda Vostoka jurnalining eski bir soni qo'limga tushib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:38 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga