Mukoshafat ul qulub Abu Homid G'azzoliy Abu Homid G'azzoliy MUKOShAFAT UL QULUB Miraziz Azam tarjimasi Adolat nashriyoti Toshkent 2002 Islom Sharqining buyuk olimi Abu Homid G'azzoliy 1058 11 ning Mukoshafat ul qulub asari mana necha asrlardan buyon insoniyat uchun ziyo manbai bo'lib xizmat qilib kelmoqda iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik hamda saodat yo'llarini ko'rsatmoqda Jamiyat tanazzuliga sabab bo'ladigan qusurlar kibru havo riyo shuhratparastlik hasad zolimlik adolatsizlik kabi g'ayriinsoniy fel va tuyg'ulardir Qaysi bir jamiyatda shunday yomon felli odamlar ko'p bo'lsa o'sha jamiyat inqirozga yuz tutadi Xo'sh odamlar tabiatidagi bunday qusurlarni tuzatish mumkinmi Ana shunday dardlarni davolash yo'llarini ko'rsatib bergan buyuk olim G'azzoliy bu hastaliklarning tashxisini qo'ygan Bu illatlar uya quradigan joy inson ruhi inson qalbi bo'lgani uchun asarni Mukoshafat ul qulub deb nomlagan Mukoshafa degan arabcha so'z bizda ko'rinmaydigan narsalarni ochish kashf etish manosini bildiradi yani insonning o'zi uchun tushunarsiz bo'lgan hodisani inkishof yo'li bilan bilib olishi deganidir Allohning zot va sifatlarini boshqa ilohiy sirlarni anglab etish degan manosi ham bor bu so'zning Kitobning nomini keng manoda qalblarni bosib yotgan g'ayriinsoniy fel va tuyg'ularning kashfi desa ham bo'ladi Agar jamiyatda shafqatsizlik o'rnini marhamat kibru havo o'rnini odob tavoze riyo o'rnini ixlos haqsizlik o'rnini adolat egallasa bunday jamiyatda baxt saodat qaror topadi G'AZZOLIY Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri Sharqda Hujjat ul Islom rutbasi bilan mashhur bo'lgan Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al G'azzoliy hijriy 450 milodii 1058 yili Tus shahrida tug'ilgan Otasi g'azzol yani ishchi edi G'azzoliy taxallusi shundan kelib chiqqan Bazi bir olimlar u ...

Joylangan
25 Aug 2023 | 10:47:53
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
973 marta
Ko'chirishlar soni
696 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:34
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
25 Aug 2023 [ 10:47 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
973 marta
Ko'chirishlar soni
696 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:34 ]
Arxiv ichida: pdf