Quron qalblar shifosi Qayta ishlangan uchinchi nashri Muallif Ziyovuddin Rahim BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM MUQADDIMA Insonni eng go'zal suratda yaratgan uni imon nemati bilan sharaflagan Quroni karimni bashariyat uchun saodat manbai qilib nozil etgan Alloh taologa behisob hamdu sanolar aytamiz Allohning Kitobini bizlarga omonat bilan etkazgan hayotga tatbiq etib ko'rsatib bergan xulqlari Quron Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo hazratlariga u zot oila a'zolariga sahobalariga salavotlar salomlar yo'llaymiz Shikasta dillarning mohir tabibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ogoh bo'linglar Inson tanasida bir parcha et bor Agar u tuzalsa odamning butun tanasi tuzaladi Agar buzilsa tananing hamma azosi buziladi Ogoh bo'linglar u qalbdir deganlar1 Qalb tanadagi har bir azoning ishini boshqarib turadi Qalbi sog'lom odamning hamma azosi salomat bo'ladi Dili pok bandaning qilayotgan ishi ham to'g'ri bo'ladi Ko'ngli toza niyati xolis insonlarni Yaratganning O'zi qo'llaydi turli shikast balolardan asraydi Yana bir hadisi sharifda shunday deyilgan Alloh sizlarning tashqi ko'rinishingizga ham boyliklaringizga ham qaramaydi qalbingizga amalingizga qaraydi2 Odatda biz odamlar ko'zi tushadigan joylarni chinnidek toza tutishga harakat qilamiz Bu yaxshi albatta Lekin Allohning nazari tushadigan qalbimiz pokligiga ko'pincha beparvo bo'lamiz Vaholanki Quronda shunday deyilgan U kunda na mol davlat na bola chaqa foyda beradi Magar Alloh huzuriga salim toza qalb bilan kelgan kishilargagina foyda beradi3 Oxiratda bandaga qalbidagi imoni tiriklik chog'ida qilgan solih amallari naf keltiradi Ko'ngli toza inson qiyomat kuni najot topadi Alloh roziligiga erishadi Dunyoda ham oxiratda ham baxtli bo'lish uchun qalbni poklash kerak Ulamolar ruhiy tarbiyaga bot bot urg'u berishlarining sababi shunda Endi savol tug'iladi qalbni qanday poklanadi Tanamizda dard bo'lsa shifokorga murojaat ...

Joylangan
25 Aug 2023 | 10:47:53
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
212 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:49
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
25 Aug 2023 [ 10:47 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
212 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:49 ]
Arxiv ichida: pdf