Pirimqul Qodirov - Avlodlar dovoni (Humoyun va Akbar)

Pirimqul Qodirov - Avlodlar dovoni (Humoyun va Akbar)

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
Pirimqul Qodirov - Avlodlar dovoni (Humoyun va Akbar) - rasmi

Material tavsifi

Humoyun va Akbar Avlodlar dovoni roman Pirimqul Qodirov Pirimqul Qodirov HUMOYuN VA AKBAR Avlodlar dovoni Tarixiy roman Birinchi qism HUMOYuN A G R A HAMIDA BONU AROSATDA Hijriy 935 yilda Agraga ko'chib kelgan Xonzoda begim o'n yildan beri Hindistonda istiqomat qilayotgan bo'lsa ham hanuzgacha bu yerdagi yil fasllarining g'aroyibligiga o'rganolmaydi Uning nazarida Agraning kuzi va qishi yo'q bahori bilan yozi esa yil bo'yi davom etadi Kech kuzda begimning yoshligi o'tgan Farg'ona vodiysida daraxtlar bargini duv to'kadigan xazonrezlik paytida Agraning yam yashil xurmozorlari xuddi yozdagidek meva berib turadi Qishda Samarqandning moviy gumbazlari oppoq qor bilan bezanadigan paytda Jamna bo'ylarida donli ekinlar boshoq tortadi toklar esa gulga kiradi Xut oyining oxirida Toshkentda qish qirovlari endi tugaydigan kezda Hindistonning janubida ertaki uzumlar pishadi Navro'z kirganda esa bozorga yangi qovun chiqadi va hind dalalarida arpa o'rimi boshlanadi Agradagi Zarafshon bog'ida baland gulmohur daraxtlari bor Bu daraxtlar navro'z arafasida butun barglarini birdan to'kadi yu novdalaridagi shig'il g'unchalar birvarakayiga ochiladi Shunda yaproqsiz novdalarning hammasi yirik yirik qizil gullar bilan qoplanadi Ulkan gulmohur daraxtlari qip qizil gulxanlarga o'xshab ko'zni yondiradi Shuning uchun bu ajoyib daraxtni olovli mohur ham deyishadi Mana shu gulmohurlar yonidagi tillakori tolorda yoshi oltmishlardan oshgan sochlari oqarib jussasi kichik bo'lib qolgan Xonzoda begim xomush bir qiyofa bilan yolg'iz o'ltiribdi Bog' juda orasta yo'lkalarga oltinrang qumlar solingan marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi Lekin bu hammasi Xonzoda begimga juda omonat tuyuladi Inisi Bobur qonli janglarda barpo etib ketgan ulkan davlat hanuzgacha hind eriga teran ildiz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 2.29 MB
Ko'rishlar soni 552 marta
Ko'chirishlar soni 175 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:45 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 2.29 MB
Ko'rishlar soni 552 marta
Ko'chirishlar soni 175 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga