Riyozus solihiyn Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy ABU ZAKARIYO YAHYO IBN SHARAF NAVAVIY RIYOZUS SOLIHIYN Solihlar gulshani Arab tilidan Anvar Ahmad tarjimasi Toshkent Movarounnahr 2004 Mutarjim muqaddimasi Butun olamlarning Yaratguvchisi va Parvardigori Alloh taologa behisob hamd shukrona bo lsin Uning rasuli Muhammad s a v u zotning ashobi hamda ahli baytiga ko pdan ko p salovotu durudlar yog ilsin Qo lingizdagi ushbu kitob Islom olamining mo tabar va mashhur olimlaridan imom faqih muhaddis hofiz Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an Navaviy qalamiga mansub bo lib o zining sahihligi isxonarliligi daqiqligi Qur oni karim va Sunnati nabaviyya asosida mo min musulmonlarni hidoyatga chorlash imonini yuksaltirish axloqini o nglashda katta xizmati tufayli islomiy o lkalarda ma lum va mashhur Bu mo tabar asarni mashhur yurtdoshimiz Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at Taroziy al Madaniy Oltinxon to ra o tgan asr boshlarida o zbek tiliga mohirona tarjima qilib arab imlosida nashr ettirgan edilar Sho rolar tuzumi barham topganidan keyin kitob ana shu tarjima asosida joriy imloga tabdil qilinib Namangan va Marg ilon nashriyotlarida ko p nusxada chop etildi Ammo Oltinxon to ra tarjimalaridagi ayrim so zlar hozirgi kitobxonlarga tushunarsiz yoki izohtalab bo lgani buning ustiga arab imlosidan kirill imlosiga tabdil qilish chog ida ko plab imloviy xatolarga yo l qo yilgani qolaversa u tugal tarjima qilinmagani bois musulmonlar o rtasida uncha ommalashmadi Ana shu bo shliqni to ldirish bu mashhur asarni talabchan o quvchiga tushunarli holda yetkazish umidida Imom Navaviyning Riyozus solihiyn Solihlar gulshani kitobi bevosita arab tilidan o zbekchaga tarjima qilindi ...

Joylangan
26 Aug 2023 | 13:05:07
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
397 marta
Ko'chirishlar soni
138 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:49
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
26 Aug 2023 [ 13:05 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
397 marta
Ko'chirishlar soni
138 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:49 ]
Arxiv ichida: pdf