Oybek Qutlug' qon roman Oybek ASARLAR O'N TOMLIK UChINChI TOM QUTLUG' QON Roman G'AFUR G'ULOM NOMIDAGI BADIIY ADABIYoT NAShRIYoTI Toshkent 1969 Redkollegiya SARVAR AZIMOV ABDULLA QAHHOR IZZAT SULTON MIRTYeMIR ZULFIYa HOMIL YoQUBOV LAZIZ QAYuMOV MATYoQUB QO'ShJONOV QO'ChQOR XONAZAROV XOLIDA SULAYMONOVA BIRINChI BOB I Vaqt peshindan oqqan edi Iyul oyiniig quyoshi hamma yoqni olov seli bilan to'ldirgan havo allaqanday oq alanga bilan jimgina yonganday Keng dala yo'lida qatnovchilar siyrak eski kir qalpog'ini burniga qadar tushirib issiqdan mudragan va horg'in oriq otining yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan qaytayotgan chetan aravali dehqon ikki oyog'i bilan eshakning qorniga niqtab muttasil xix xix bilan halqumini qirgan bir mo'ysafid uzumchi qatig'ini pullab xurmachalarini orqalagan issiqqa qaramay goh aravaga osilgan goh qush uyasini qidirib daraxtlarga ko'z tikkan ust boshi kir chir sho'x bolalar Issiq tobora ortar g'ir etgan shamol yo'q ot arava ko'targan chang havoda uzoq vaqt qimirlamay turib qolar yuzlarga qizgan temir uchquni kabi yopishar nafasni bo'g'ar edi Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib saratonda qizgin qum kechib issiqda sovuqda obdan pishgan bizning yigitni ham katta masofani piyoda bosgani uchunmi kun xiyla betoqat qilgan edi U kuyib yotgan bilq bilq yumshoq tuproqda salmoqli oyoqlarini ildam va yirik yirik bosar ko'zlagan joyiga tezroq etishga oshiqib o'tkinchilardan so'rar edi To'pqayrag'och ga yaqin qoldimi Hali bor Ko'prikdan keyingi guzar Uning ochiq yoqali uzun ko'ylagi ustidagi olacha yaktagi suvga pishganday jiqqa ho'l bo'lgan bazan g'ashi kelib badaniga yopishgan ko'ylakni ko'chirar va elpinar edi Ko'prikdan o'tish bilanoq guzar boshlandi ko'chaning ikki tomonida bir biriga qarshi ikki kutubxonasi 1 ...

Joylangan
26 Aug 2023 | 14:21:38
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
80 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:45
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
26 Aug 2023 [ 14:21 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
80 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:45 ]
Arxiv ichida: pdf