SARGUZAShT DYeTYeKTIV FANTASTIKA Rey BREDBYeRI Farengeyt bo'yicha 451 daraja Roman Mashhur amerika fantast yozuvchisi R Bredberining Marsga hujum Boqiy bahor kunlari Insoniyat xotirasi Dengiz sohil va daryo qushlari Sovuq shamol iliq shamol Odamlarga yaxshilik qil singari o'nlab kitoblari barcha qitalarda sevib o'qiladi Muallifning Farengeyt bo'yicha 451 daraja romanida o'quvchi XXI asrning oddiy o't o'chiruvchisi bilan tanishadi Romanning bosh qahramoni ustasi farang ota bobolarining kasbini davom ettiruvchi Gay Monteg kitob sahifalarida o'z hayotini o't yoqib yong'in chiqarishdan boshlaydi Roman Yer yuzida hayotni saqlab qolish inson uchun havotirlanish va unga chuqur ishonch ruhi bilan sug'orilgan R Bredberi ijodida katta o'rin tutgan Farengeyt bo'yicha 451 daraja romanini olim va jurnalist Mirza Anvar Karimov tarjimasida elon qilayotirmiz Jahon adabiyoti jurnali Agar senga chiziq tortilgan qog'oz berishsa ko'ndalangiga yoz Xuan Ramon Ximenes BIRINChI QISM BOShPANA VA SAMANDAR O't qo'yish unga rohat bag'ishlardi Olovning hamma narsalarni o'z domiga tortishi ularning qorayib shakl shamoyili o'zgarishini kuzatishning qandaydir o'zgacha gashti bo'ladi O't o'chirish nasosining mis poynagi mushtlar orasiga siqilgan ilonga o'xshab to'lg'anib chor atrofga zaharli kerosinni ayamay sochadi uning chakkalarida qon gupillab uradi qo'llari esa titilib kettan kuyib so'xtasi qolgan tarix sahifalarini kulga aylantirayotgan olov va vayrongarchilik simfoniyasini ijro etayotgan dirijyorning g'ayritabiiy qo'llariga o'xshaydi 451 raqami bilan bezatilgan ramziy temir qalpog'i pesxonasiga bostirib qo'ndirilgan hozir nima bo'lishini eslaganda ko'zlari zarg'aldoq yolqin tusida chaqnaydi O't oldirish murvatini bosgan zahoti alanga quyosh qoraygan osmonni to'q qizil sariq va qora ranglarga chulg'ab yajuj majujdek uyga tashlanadi U g'uj g'uj yaltiroq qurtlar oralab qadam tashlab borarqan shu topda bolalik paytida tez tez ...

Joylangan
26 Aug 2023 | 14:21:38
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
935 marta
Ko'chirishlar soni
819 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:46
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
26 Aug 2023 [ 14:21 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
935 marta
Ko'chirishlar soni
819 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:46 ]
Arxiv ichida: pdf