Omina Shenliko'g'li Imomning maneken qizi 1 qism Yoshlik keksalikning ko'zgusidir Ko'zgudagi aksdan rozi bo'lmagan kishi ko'zgudan emas o'zidan hisob so'rashi lozim Tomdagi qorlar erib uy ichiga tomchilab hamma yoqni xo'l qilgandi Xonadonning qizi Fotima chakka o'tayotgan erlarga idishlarni qo'yar ham tinmay nolirdi To'yib ketdim axir to'yib ketdim Oyi meni eshityapsizmi Eringizga ayting bizni tuzukroq uyga joylashtirsin endi Fotima butun kin va nafrati bilan nolishda davom etardi Uyimizdan uyaladigan bo'lib qolganman Hatto o'rtoqlarimni ham taklif etolmayman Ikki xonasi va zali bo'lgan masjid yotoqxonasida onasi doim shu so'zlarni eshitardi Jig'arbandining bu gaplaridan qattiq ranjir va Qizim bolajonim shunga ham shukur qilishimiz kerak Boshpanasiyam bo'lmaganlar bor Dadang yaqinda kelib qoladi Oxirgi rakatni o'qishayotgan bo'lishsa kerak Ovozing masjidga eshitilishi mumkin sal sekinroq gapir derdi Fotima suv bilan to'lgan idishlarni bo'shatar ekan yanayam jahl bilan gapirdi Har doim bitta gap Dadang eshitadi dadang eshitadi Eshitsin Kim eshitsa eshitsin Boshqa chidolmayman Nima dadam meni so'rab olibdimi Yoki siz meni so'rab tuqqanmidingiz Ichimdan boshqa gaplar ham kelyapti yu lekin Tavba tavba Bunday hayotga boshqa bardosh berolmayman deb necha marotaba aytdim Bardosh berolmayman Bu dunyoga kelayotganimda mendan hech kim so'ramagandi Qizim sen aqlingni eb qo'yibsan Alloh o'z asarini yaratarkan nega sendan so'rasin Sen manavi gullarni boqqa ekishingdan avval ulardan so'raganmisan balki ular ham bu dunyoda yashashni xohlashmas Manavi kursini u joydan bu joyga olayotganingda kursidan so'raganmisan Balki u ham u yerni xohlamas Sen uchun boqqa ekkan guling qanday bo'lsa Alloh uchun sen ham shundaysan Mushtipar ona xo'l bo'lib ketgan polni latta bilan artib suvini chelakka siqarkan qiziga dedi ...

Joylangan
06 Feb 2024 | 19:45:15
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
557.41 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:40
O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
06 Feb 2024 [ 19:45 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
557.41 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:40 ]
O'zgarish: pdf fayl yangilangan