Artur Konan Doyl Izquvarning inqirozi hikoya I Sherlok Xolms uni doimo Bu Ayol deb tilga olardi Uni qandaydir boshqacha nom bilan atalganini kamdan kam hollardagina eshitib qolardim Uning nazarida o'sha ayol dunyodagi jamiki go'zallarning timsoli edi Lekin uni Iren Adlerga ipsiz bog'lanib qolgan unda ko'ngli bor deb bo'lmasdi Barcha his tuyg'ular ayniqsa muhabbat uning sovuqqon bosiq tabiatiga tiyrak aql zakovatiga yot edi Mening nazarimda u fikr yuritadigan kuzatuvchan eng mukammal mashinaga o'xshardi olam ahli hali bunaqasini ko'rmagan bo'lsa kerak Ammo u oshiq sifatida boshvoqsiz qolishi turgan gap edi U nozik his tuyg'ular haqida har doim zaharxanda bilan kamsitish ohangida gapirardi Unga qolsa nozik his tuyg'ular tomosha qilsa arzigulik insonning asl niyatlariyu intilishlarini fosh etib qo'yadigan ajoyib vosita edi xolos Sir emaski o'tkir zakovat sohibi ismsiz dardga mubtalo bo'lsa uning sayqallangan batartib ichki dunyosi alg'ov dalg'ov bo'lib ketadi o'z aqli bilan erishgan barcha haqiqatlar chippakka chiqadi Xolmsga o'xshagan insonlar uchun muhabbat degani bu sezgir asbob ustiga tushgan qum zarrasiday yoki o'sha asbobning mahobatli ko'zgularining biri darz ketganday bir gapdir Shunga qaramay Xolms uchun dunyoda yagona ayol mavjud edi o'sha ayol marhum Iren Adler bo'lib u kishida shubha uyg'otadigan darajada nom taratgan edi Keyingi paytlari men Xolms bilan ahyon ahyonda ko'rishib turardim mening uylanishim bizni bir birimizdan uzoqlashtirib qo'ydi Men go'yo arshi aloda yurardim Albatta endigina ro'zg'or boshligi bo'lgan kishining butun diqqat etiborini oilaviy tashvishlar qamrab oladi Ayni paytda asilzodalar turmushini u qanday ko'rinishda bo'lmasin lo'lilardan ham battar yomon ko'radigan Xolms hamon Beyker strit ko'chasidagi bizning uyimizda istiqomat qilardi atrofida eski kitoblar ...

Joylangan
05 Apr 2024 | 10:14:56
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
144.28 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:35
O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
05 Apr 2024 [ 10:14 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
144.28 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:35 ]
O'zgarish: pdf fayl yangilangan