Joanna Rouling - Garri Potter (Harry Potter) 3-kitob
I BOB BOYQUSh POChTASI Garri Potter har jihatdan g'ayrioddiy bola Boshqa o'quvchilardan farqli o'laroq yozgi tatil davrini yoqtirmasligi uning o'zgacha ekanligidan dalolat beradi Garri ushbu davrga berilgan uy vazifalarini vijdonan bajarishga intiladi biroq bu ish bilan yashirincha faqat tunda shug'ullanishga majbur Buning ustiga u sehrgar Tun deyarli yarimlab qoldi Garri esa karavotda adyoli bilan boshdan oyoq yopinib olib qo'liga cho'ntak fonusini ushlab olgancha qornida yotibdi Qarshisida Batilda Jukpukning yostiqqa suyab qo'yilgan charm muqovali Sehrgarlik tarixi darsligi Bola qoshlarini chimirib olgancha O'n to'rtinchi asrda qo'llanilgan jodugarlarni tiriklayin yoqish choralarining behudaligi Muhokama mavzusidagi inshoni nihoyasiga yetkazish uchun burgutning qulpurib o'sgan patidan tayyorlangan pat qalam uchini darslik sahifasi bo'ylab yuritib biron bir foydali ma'lumot topishga urinmoqda Pat qalam mazmunan to'g'ri keladigan matn ustida to'xtadi Garri burni uchiga surilib qolgan yumaloq ko'zoynagini to'g'rilab olib fonusni kitobga yaqin keltirdi da o'qidi O'rta asrlarda ko'proq magllar deb yuritilib afsungarlikdan mutlaqo bexabar bo'lgan odamlar sehr jodudan nihoyatda qo'rqishgan bo'lsa da uni tabiiy holatdan farqlab olish qobiliyatiga ega bo'lmagan Haqiqiy sehrgar yoki afsungar qo'lga olingan kamdan kam holatlarda jodugarni tiriklayin yoqishdek magllar tomonidan qo'llab kelingan jazo chorlari kutilgan natija bermagan Asir olingan afsungar yoki sehrgarlar olovga tashlangach o'sha davrlardan malum bo'lib kelgan Olov taftini sovitish afsunini qo'llab yolg'ondakam dod voy solishgan Aslida esa ular tanalarida qitiq sezishgan xolos Misol uchun Omadli Vendelin o'zini olovda yondirishlarini shu qadar xush ko'rgan ekanki magllar tomonidan qirq etti marotaba qo'lga olinishiga shaxsan o'zi imkon yaratgan Tabiiyki u har safar boshqa odam qiyofasiga kirib borgan Garri pat qalamni tishlari orasiga qisib olib qo'lini ...