Garri Potter va Falsafiy tosh (1-kitob)

Garri Potter va Falsafiy tosh (1-kitob)

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
Garri Potter va Falsafiy tosh (1-kitob) - rasmi

Material tavsifi

Joanna Rouling - Garri Potter (Harry Potter) 1-kitob

I BOB OMON QOLGAN BOLA Odamovilar xiyobonidagi 4 uy sohiblari mister va missis Dursllar Xudoga shukurlar bo'lsinki xonadonimizdagi hayot mutlaqo me'yoriy tarzda kechmoqda deb maqtana olishlari bilan juda g'ururlanishadi Shunday kishilar biror bir g'ayrioddiy ayniqsa sirli hodisaga aralashib qolishlarini tasavvur qilib ham bo'lmaydi Zero ular har qanday bemanigarchilikni toqat qila olmaydilar Jussasi yirik ortiq darajada semizligidan bo'yni deyarli ko'rinmaydigan burni ostidan uzun mo'ylov o'sib chiqqan Mister Dursl parma ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Grunnings firmasining direktori bo'lib ishlaydi Qotmadan kelgan sarg'ish sochli missis Durslning bo'yni esa aksincha haddan tashqari qiziquvchan tabiati uchun ayni muddao bo'lib oddiy ayolning bo'yniga nisbatan ikki chandon uzun Negaki xonim birovning devoridan mo'ralab qarash qo'shnilarni kuzatib ularning sir asrorlaridan boxabar bo'lib yurishni o'larcha yoqtiradi Bundan tashqari yer xotinning kichkintoy Dudli ismli o'g'li bo'lib ota onaning fikricha ushbu yorug' olamga hali bunday ajoyib bola kelmagan emish Dursllar bisotida hamma narsa bor Biroq yana shunday bir mudhish sir borki u ham bo'lsa Potterlarning Dursllarga qarindoshligidir Bu gapning biror bir kishiga oshkor bo'lishi Dursllar uchun bardosh berib bo'lmas andisha bo'lib undan biror bir kimsa voqif bo'lib qolishi haqidagi o'y yer xotinni qattiq g'azabga keltiradi Gap shundaki missis Potter missis Durslning tug'ishgan singlisi bo'ladi Biroq opa singil ko'p yillardan buyon yuz ko'rishmagan Ochig'ini aytganda missis Dursl o'zini go'yo singlisi yo'q kishiday tutadi Buning boisi singil ham uning to'pori yeri ham Dursllarga imkon qadar o'xshamaslikka harakat qilishidir Mabodo Potterlar Dursllar ko'chasiga kirib qolishsa yu qo'shnilarning bu haqdagi fisq fasodlarini o'ylashsa yer xotinning azoyi badanini titroq bosadi Dursllar o'z ko'zlari bilan ko'rishmagan bo'lsa da ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:39 O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Tepaga