Joanna Rouling - Garri Potter (Harry Potter) 4-kitob
I BOB RYeDDLLAR UYI Kichik Viselton qishlog'ining aholisi ko'hna imoratni garchi Reddllar sulolasi ancha vaqtdan buyon bu uyda istiqomat qilishmasa da eski odat bo'yicha Reddllar uyi deb ataydi Ulkan bino baland do'nglikda old tomoni qishloqqa qaratilib qurilgan U yer bu eridagi derazalari mixlab tashlangan qarovsiz uyning tomiga yopilgan sopol qisman uqalanib tushgan bo'lib devorlari va old atrofini gurkurab o'sgan pechak qamrab olgan Qachonlardir zo'r dang'illama hovli sanalib o'z kattaligi va hashamati bilan ko'p millar naridagi har qanday imoratdan ustun kelgan Reddllar uyi bugungi kunda tashlandiq odam yashamaydigan holatga kelib qolgan Ajablanarlisi shundaki eski uyning juda mashum ekanligi borasida Kichik viseltonliklar tomonidan bildirilgan fikrlar doimo bir xil chiqadi Yarim asr muqaddam ushbu hovlida qandaydir g'alati va shunday dahshatli voqea sodir bo'lgan emishki hatto bugungi kungacha qishloq odamlari uchun suhbatlashib o'tirgani boshqa mavzu barham topishi bilan o'sha hodisalar muhokamasi o'ta qiziq mavzu sanalar ekan Yillar o'tgan sari Reddllar xonadoni haqidagi hikoyani bir biriga ko'p aytib kelgan odamlar voqeani turli tuman ikir chikirlarga shu qadar boyitib yuborganki qaysi gap rost u qaysi so'z yolg'on ekanligini endi hech kim bilmaydi Biroq bunday hikoyalarning hammasi aynan bir gapdan u ham bo'lsa Reddllar uyi hali salobat to'kib turgan ellik yil muqaddam otgan ajoyib tong mahalidan boshlanadi O'sha kuni ertalab oqsoch ayol Reddllar o'yining mehmonxonasiga kirishi bilan xonadon sohiblarining uchalasi o'lib yotganini ko'rib qolibdi Do'nglikdagi uydan o'qday uchib chiqqan ayol ovozi boricha chirqirab tevarak atrofni boshiga ko'tarib yuboribdi Hammasi yotibdi Qotib qolishibdi Ko'zlari ochiq Kecha libosini yechishga ham ulgurmay qotib qolishibdi Zudlik bilan politsiya chaqirildi Kichik Viseltonda ...