Garri Potter va Qaqnus ordeni (5-kitob)

Garri Potter va Qaqnus ordeni (5-kitob)

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
Garri Potter va Qaqnus ordeni (5-kitob) - rasmi

Material tavsifi

Joanna Rouling - Garri Potter (Harry Potter) 5-kitob

GARRI POTTYeR VA QAQNUS ORDYeNI BIRINChI BOB DUDLINING DYeMYeNSIYASI Yozning yana bir o'ta jazirama kuni nihoyasiga etishiga oz qoldi Odamovilar xiyobonidagi hovlilar u kvadrat shaklida qurilgan katta uylar xuddi uyquga ketganday jimjit Deyarli har bir bino yonida odatda tozaligidan yaltirab turadigan mashinalar hozir chang bosib xira tortgan Zumrad yashil maysazorlar qurib sarg'ayib ketgan Shahar ma'muriyati tomonidan qurg'oqchilik davrida suv sarfiga oid cheklanishlar joriy etilganligi bois bog' shlangidan mashina yuvish ekinzor parvarish qilish kabi maqsadlarda foydalanish man etilgan Mahalliy aholi bunday quvnoq odatda qiy chuv to'polon la kechadigan ishlaridan voz kechishga majbur bo'lib yo'q shamolni chorlash umidida deraza tavaqalarini lang ochgancha salqin xonadonlarida vaqt o'tkazmoqda Shunday issiq havosi dim ko'chada bittagina odam bor u ham bo'lsa 4 uy devorining yonginasida yaratilgan to'garak gulzorda yotgan o'spirin Qisqa muddat ichida ushbu ozg'in ko'zoynak taqqan qorasoch bolaning bo'yi anchagina o'sib ketgani uchun bo'lsa kerak rang ro'yiga qaraganda biroz betob ko'rinadi Uy sohiblari yigitchaning egniga irkit yirtiq jinsi shim o'ngib ketgan beo'xshov futbolka va tagcharmi ajralib ketishiga sal qolgan eski sport shippagini ravo ko'rishgan Shunday qilinsa Garri Potter o'z tashqi qiyofasi bilan qo'shnilar ko'ziga jozibador ko'rinmaydi Ular esa kishining sifati past kiyim kiyib yurish odatini jinoiy jazoga loyiq xatti harakat sifatida etirof etib bunday tamoyilni qonuniyatday ko'rishadi Xayriyatki bugungi oqshom mahalida Garrini mulohaza yuritilayotgan ko'zlardan gortenziyaning kattagina butasi to'sib turibdi Umuman aytganda hozir uni faqat o'z amakisi bilan xolasigina agar derazadan bosh chiqarib devor tagiga qarashsa ko'rishi mumkin Gortenziya yirik gulli dekorativ o'simlik Qizib ketgan tosh yerda yotish biroz noqulay bo'lsa ham aynan shu yerda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:39 O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Tepaga