BAG DODNING QULASHI ABU MUSLIM BAG'DOD qadimgi fors tilida Alloh ato qilgan Dodning bog'i manolarini bildirgan Dajla daryosining ikki sohiliga joylashgan qadimiy shahar 1921 yildan buyon Iroq davlati poytaxti Milodiy 762 yili abbosiy xalifalardan Mansur barpo qilgan va uni Madinat us salom Omonlik shahri deb atagan U ancha vaqt xalifalik poytaxti bo'lgan Shahar saljuqiylar mo'g'ullar turkmanlar eroniylar keyinchalik ko'p yillar Usmonlilar qo'l ostida bo'lgan Shaharda ko'plab dong'i dunyoga ketgan masjidlar madrasalar dunyodagi birinchi dorilfunun va islomiy obidalar bor bu yerdan ulug' allomalar mashhur arboblar etishib chiqqan Kirish Yettinchi hijriy asrda mo'g'ul lashkarlari butun dunyoni zabt etish uchun o'zlarining mashhur yurishlarini boshladilar Mo'g'ullarga qarshilik ko'rsatganlar asosan musulmonlar edi Ammo vahshiy dushman musulmonlarni ustara sochni qanday qirgan bo'lsa qilichdan shunday o'tkazgan edi Musulmon olamining mashhur ilm va ma'rifat markazlari bo'lgan shaharlar mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan edi Bundan roppa rosa 757 yil muqaddam yani 1258 yilning 10 fevralida Chingizxonning nabirasi Xulaguxon boshchiligidagi mo'g'ul qo'shini o'sha paytdagi Islom dunyosining yuragi hisoblangan yer yuzining eng katta mashhur shahari Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bag'dodga bostirib kirdi Buning oqibatida shahar vayron tinch aholi qirg'in qilindi misli ko'rilmagan zo'ravonliklar bo'ldi Bunday xunrezlik natijasida bir milliondan ortiq odam hayotdan ko'z yumdi Bag'dodning olinishi o'rta asrlardagi vahshiylikning eng cho'qqisi bo'lgan voqea deb ta'riflandi O'sha paytlarda ommaviy qirg'in qurolini hech kim bilmasdi Lekin bu jang ommaviy qirg'in janggi bo'ldi Jangchi bo'lmagan erkagu ayollar qariyalar bolalar ham qilich va kamon o'qlari bilan qirib tashlandi Mo'g'ullar masjidlarni vayron etishdi Ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlardan tortib aholining uylarigacha xarobaga aylandi O'zlari savodsiz bo'lgan mo'g'ullar o'rta asrning ...

Joylangan
05 Sep 2024 | 19:06:27
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
497.28 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:34
O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2024 [ 19:06 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
497.28 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:34 ]
O'zgarish: pdf fayl yangilangan