Chingiz Aytmatov - Oxirzamon nishonalari

Chingiz Aytmatov - Oxirzamon nishonalari

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
Chingiz Aytmatov - Oxirzamon nishonalari - rasmi

Material tavsifi

Oxirzamon nisxonalari roman Chingiz Aytmatov Chingiz AYTMATOV OXIRZAMON NISxonaLARI Kassandra tamg'asi Suyun Qoraev tarjimasi ChINGIZ AYTMATOVNING FALSAFIY VAHIYLARI Chingiz Aytmatovning eng yaxshi asarlari allaqachon yangi jahon adabiyoti klassikasining tarkibiy qismi bo'lib qoldi Uning kitoblari uslubi jihatidan ham ko'tarilgan falsafiy masalalarga ko'ra ham bir biridan farq qiladi shu bilan birga ularning umumiy jihatlari ham bor Shu boisdan muallifning har bir asarini oradan vaqt o'tishi bilan qayta qayta o'qiging keladi va har gal yangi va yangi jihatlarini kashf etasan Aytmatov asarlarining kitobxonni ayricha hayajonga soladigan ta'sir kuchi jamiyatda pishib etilgan muammolar o'rtaga tashlanishidadir Aytmatov ijtimoiy voqea hodisalarni kuzatish va tahlil qilishda noyob istedodga ega donishmand faylasuf kishi ruhiyatining nozik torlarini cherta oladigan sehrgar san'atkordir Yozuvchining yangi falsafiy romani Oxirzamon nisxonalari ni o'qir ekansiz bu fikrning haq ekanligiga yana va yana ishonch hosil qilasiz Murakkab dunyoviy fojealarni buyuk qalamkashning sezgir qalbi hatto bashoratchi futurolog olimlardan ham oldin payqaydi Roman falsafa fantastika va so'z san'ati mahsuli o'laroq ulkan san'atkorning mushohada qudratidan dunyoga kelgandir Qalovini topsa qor ham yonadi deganlaridek nisbati to'g'ri tanlansa uch tarkibiy qismdan iborat hayotiy jarayonda vaqt ham fazo ham inson ham yaxlit bir holatda namoyon bo'ladi Yozuvchi kitobxonga badiiy tafakkurning yangi bir qirralarini ochadi uni o'yga toldiradi va hatto idrok etish qiyin bo'lgan hodisalar girdobiga tashlaydi Yozuvchi fantastik usuldan foydalangan bo'lsada roman teran realistik asar sifatida qabul qilinadi Asarning badiiy tuzilishi hayotni tasvirlash prinsipi yozuvchining boshqa asarlarinikidan tubdan farq qiladi Kitobxon romanni varaqlar ekan odamlarning inson shaniga nomunosib xatti harakatlaridan nafratlanadi Roman voqeasi o'ta shiddatli psixologik mojarolar va to'qnashuvlar zaminiga qurilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:36 O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Tepaga