Devid Zeltser - Omen (birinchi kitob)

Devid Zeltser - Omen (birinchi kitob)

Kitoblar / O'zbek tilida kitoblar
Devid Zeltser - Omen (birinchi kitob) - rasmi

Material tavsifi

Omen Iblis Hamlasi Birinchi kitob Devid Zeltser Devid Zeltser OMEN IBLIS HAMLASI Bu yerda donolik bor Kimning idroki bo'lsa yirtqichning raqamini biladi Zero bu insonlarning ham raqamidir Uning raqami olti yuz oltmish olti Kashfiyotlar kitobi MUQADDIMA Hammasi soniyaning mingdan bir ulushicha vaqt ichida yuz berdi Galaktikalardagi asrlarga tatiguvchi harakat bir lahzada sodir bo'ldi Keyp Xetti rasadxonasidagi yosh astronom hayratdan qotib qolgandi U ancha kech qolgandi va fotokamera sodir bo'lgan hodisani bilinar bilinmas tarzda muhrladi uchta yulduz burjining bir biriga yaqinlashishi oqibatida yana bir yorqin yulduz paydo bo'lgandi Jadiy Saraton va Asad burjlaridan ajralib chiqqan mayda zarralar shunday aniqlik bilan bir biriga kirishib ketdiki natijada yangi bir samoviy jism paydo bo'ldi Jism borgan sari yorqin nur socha boshladi va burjlar titrab ketdi balki astronomning qo'llari hayajondan titragani uchun shunday tuyulgandi U bu hodisaga guvoh bo'lgan yagona inson ekanligidan qo'rqardi Ammo yer qaridan shovqin eshitildi Bu odamlarning shovqini bo'lsada jazavaga tushayotgan mutaassiblarniki emasdi G'orlarda erto'lalarda ko'z yoradigan ayollar yig'ilishgan ular roppa rosa yigirma ming nafar edilar Ular bir birlarining qo'llarini ushladilar Ularning ovozlari tobora qattiqroq eshitila boshladi va osmonga ko'tarilib so'ng yerning qoq yuragiga urildi Oltinchi oy oltinchi kun oltinchi soat edi Eski Ahd kitobida ayni mana shu daqiqalar aytilgandi Aynan mana shu lahza Yerning taqdirini o'zgartirishi kerak edi Yer yuzidagi barcha urushlar ulkan bir voqea oldidan insoniyat uchun shunchaki tayyorgarlik sinovi edi xolos Kashfiyotlar kitobida bu allaqachon aytib o'tilgandi Olis osmon qarida yangi yulduz yanada tovlana boshladi va odamlarning qo'shig'i avjiga chiqdi Qadimiy Megiddo shahrida yashovchi qariya Bugengagen buni his etdi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 547.46 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 09.04.2025 | 13:36 O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pdf
Fayl hajmi 547.46 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Tepaga