Jannat vasfi Imom Qurtubiy JANNAT VASFI Imom Qurtubiyning Tazkirasidan Arabchadan Jahongir To'lqin o'g'li va Ubaydulloh Abdulaziz o'g'li o'girdi Muharrir Abdug'afur Iskandar Toshkent Movarounnahr 2006 Ushbu risola Imom Qurtubiyning Islom olamida Tazkira nomi bilan mashhur bo'lgan At tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axirot Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma kitobidan bir bobdir Unda dorul baqo jannat ishonchli xabarlar bilan vasf etilgan Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'incha qo'mitaning 2006 yil 31 mart 265 sonli ruxsati bilan chop etildi MUQADDIMA Yer yuzida xayrli ezgu ishlarni amalga oshiradiganlar uchun jannatlarni shay etib qo'ygan parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin Insoniyatni ezgulikka bosh lab ul abadiy nematlar diyori sari chorlagan payg'ambarimiz Muhammad mustafoga s a v salovot va salomlar yog'ilsin Dunyoni yaxshilikka burkab jannat eshigi tomon shoshgan yaxshilikda musobaqalashgan sahobai kiromlar va boshqa solihlarga Allohning roziligi bo'lsin Jumladan jannat vasfini kitobat etib qalblarda u yoqqa nisbatan shavq uyg'otgan Imom Qurtubiy hazratlarini Alloh rahmatiga g'arq etsin Aziz o'quvchi ushbu mo'jaz risola Islom olamining qadrli ilmiy meroslaridan sanalmish At tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axirot Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma kitobidan bir bobdir Alloh nasib etsa yaqin oylar ichida qolgan boblar ham qo'lingizga etib borishi ustida kamarbastamiz Imom Qurtubiy Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Abu Bakr ibn Farh vafotlari 671 hijriy shavvol Andalusning Qurtuba shahrida tavallud topganlar Qurtubiy degan taxallus olishlari vatanlariga nisbatandir Allohning solih bandalaridan orif ulamo taqvodor zohid mufassir nasihatgo'y edilar Al jameu liahkamil Quran nomli tafsirlari Islom olamida juda mashhurdir Ushbu jannat haqidagi ...

Joylangan
05 Sep 2024 | 19:22:18
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
521.06 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
09.04.2025 | 13:40
O'zgarish: pdf fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2024 [ 19:22 ]
Bo'lim
O'zbek tilida kitoblar
Fayl formati
pdf
Fayl hajmi
521.06 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
09.04.2025 [ 13:40 ]
O'zgarish: pdf fayl yangilangan