XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshi o'zbek adabiyoti

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshi o'zbek adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshi o'zbek adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr 12-mavzu:XIX asrning II yarmi-XX asr boshi o'zbek adabiyoti Adabiyot Abdukadirova M.M. Reja: 1. XIX asrning II yarmi-XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoit va madaniy hayot. 2. Ma'rifatparvarlik ijtimoiy-madaniy oqim sifatida. 3. XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishi. Shu davrda yaratilgan tarixiy-badiiy asarlarda zamonaviy hodisalar ifodasi. Milliy-ozodlik harakatlari (1892, 1898, 1916) hamda uning badiiy adabiyotda ifodalanishi. Ma'rifatparvarlik ijtimoiy-madaniy oqim sifatida. ma'rifatparvarlarning yangi fan, maorif, madaniyat targ'ibochilari ekanligi. Adabiyotda tanqidiy ruhning ustivor mavqe egallashi (Muqimiy, Zavqiy, Avaz O'tar). Yangicha ma'rifat targ'ibi va talqini (Furqat, Behbudiy, Avloniy). Milliy uyg'onish davrining boshlanishi. Bunda adabiyotning roli (Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon). Qadim Turkistonning uchta xonlikka bo'linib ketishi, feodal tarqoqlik, iqtisodiy zaiflik, ilm-ma'rifat taraqqiyotining sustlashuvi vatanimizni chet el bosqinchilarining xurujlariga duchor qildi. Bir tomondan Chor Rossiyasi bosqinchilari zulmi, ikkinchi tomondan ularning malaylariga aylangan mahalliy amaldorlar jabri xalqni holdan toydirdi. Ana shunday tarixiy sharoitda ham adabiyot va san'at xalq ommasiga ma'naviy dalda berish, uni yorug' kunlarga ruhlantirsh vazifasini ado etishdan to'xtab qolmadi. Adabiyotning o'zi ham ijtimoiy-siyosiy hayotning ko'zgusi sifatida taraqqiyotdan to'xtamadi. Janrlarning mazmunan yangilanishi, badiiy adabiyotning xalq hayotiga yaqinlashuvi, ijodiy jarayonda realistik tamoyillarning kuchayishi shular jumlasidandir. Muqimiy davri o'zbek adabiyotida satiraning yangi bosqichga ko'tarilishi omillarini adabiyotshunos A. Abdug'afurov quyidagicha sharhlaydi: O'zbekiston territoriyasining Rossiyaga qo'shib olinishi natijasida ikki yoqlama zulmning, adolatsizlikning nihoyatda kuchayib ketishi, kapitalistik munosabatlarning tobora yuzaga chiqa borishi, xalqimizning zulm va adolatsizliklarga qarshi o'z ozodligi uchun kurashining faollashuvi, hukmron sinflar va tuzumning tartib- qoidalaridan noroziligining kundan kunga orta borishi, ikkinchi tomondan o'zbek adabiyotida tanqidiy realizm metodining shakllanishiga, bu adabiyotda, ayniqsa, satirik yo'nalishning keng rivojlanishiga olib keldi. Badiiy adabiyotda biror yo'nalishning, masalan satiraning taraqqiy etishi va keng qo'llanilishi shoir yashagan hudud bilangina emas, balki ijtimoiy-siyosiy tuzum, voqelik hamda tarixiy vaziyat bilan ham bog'liqdir. Masalan, Muqimiy va Zavqiylarga zamondosh bo'lgan Xorazm adabiy muhiti vakili Avaz O'tar ijodida ham satirik yo'nalish salmoqli o'ringa ega. Avazning Xalq, Topar ekan qachon?, fidoiy xalqim, Ulamolarga, Birovlar kabi she'rlari ana shu ruhda yozilgan satirik ijodning ajoyib namunalaridir. Bu g'azallarda shoir xalqning xonavayron bo'lganini, zulm ostida qolganini, zamonaning nosoz qurilganini, jaholat hukmronligini achinish va alam, xolislik va haqgo'ylik bilan tasvirlab bergan. Bu davrda Qo'qon adabiy muhitining maydonga kelishi, yuzlab shoiru adiblar, tarixchi va bastakorlar, san'at ahli barakali ijod qilishi xalqimiz madaniyati va ijtimoiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirdi. O'ziga xos an'ana tusini olgan zullisonaynlik -ikki tilda ijod qiluvchilar tufayli badiiy, tarixiy asarlar bir-birini to'ldirdi va boyitdi.Ijtimoiy turmushning bugungi va ertangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 89 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 89 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga