Sharof Rashidov hayoti va ijodi slayd

Sharof Rashidov hayoti va ijodi slayd

O'quvchilarga / Adabiyot
Sharof Rashidov hayoti va ijodi slayd - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Sharof Rashidov hayoti va ijodi (1917-1983) Adabiyot O'qituvchi: Abdukadirova M.M. Sharof Rashidov. Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. O'rta maktabda dastlabki ma'lumotni olgach, 1934-yilda Jizzax pedagogika texnikumida o'qidi. 1941-yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan so'ng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938- 1941-yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941-1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko'rsatadi. 1947-1949 yillarda hozirgi O'zbekiston ovozi gazetasiga muharrirlik qildi. 1949-1950 yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950-1959 yillarda O'zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O'zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi. Sharof Rashidov o'tgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shug'ullanib, dastlab she'riyatda qalam tebratdi. Uning birinchi she'riy to'plami Samarqand kuylari nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she'rlari 1945- yilda Qahrim to'plamida chop etildi. U ayni chog'da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi. Adib G'oliblar (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. Bo'rondan kuchli romani 1958 yilda, Qudratli to'lqin romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan. Ijodkorning Kashmir qo'shig'i (1957), Komde va Mo'dan (1959) kabi lirik qissalari va Koinot (1957) kinoqissasi an'anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo'lib, yoshlik, bahor, go'zal hayot nashidasi madhiga bag'ishlangan. Adib hayotining so'nggi yillarida yaratilgan Dil amri qissasi urush yillarida belorus tuprog'ida jang qilgan o'zbek jangchilarining hayoti tasviriga bag'ishlangan. Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963 yil. Fidel Kastro va O'zbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda. O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va O'zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan o'tishmoqda Sharof Rashidovning rahbarlik faoliyatiga nazar tashlasak, o'sha davrning o'ta murakkabligi, ziddiyatliligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Vatanga bo'lgan so'nmas muhabbat har qanday insonni qahramonga aylantiradi deganlaridek, shaxsiyati yuksak bo'lgan Sharofning metin irodasini bundayin muammolar also buka olmadi. Ana shunday tahlikali pallada ham o'zini yo'qotmadi. Eng og'ir vaziyatlarda ham Sharof Rashidov yurt manfaatini ko'zlagan holda ish yuritdi. Buni zamondoshi M.Gorbachyov yordamchisi V.Boldin so'zlarida ham ko'rishimiz mumkin: Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti o'ziga erk berib yubordi. O'zining muvaffaqiyatlarini ko'z-ko'z qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib O'zbekiston rahbarining qo'llarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, ko'ndirishga harakat qilardi: Bizda yomg'ir bilan qor yog'di, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 55 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 55 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga