Mavzu:Pirimqul Qodirov Adabiyot O'qituvchi:Abdukadirova Muqaddam Mo'ydinovna Reja: 1.Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi. 2.Adibning tarixiy asarlari. 3.Yulduzli tunlar romanida Bobur obrazi Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o'zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov Turkiston tizma tog'ining etaklaridagi Kengko'l degan qishloqda 1928- yilning 25- oktyabrida tug'ilgan. U asli o'zbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xo'jaligida, yo'l qurilishi, so'ng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi. 1951 yili O'rta Osiyo Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga o'qishga kirdi. Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1954-1963 yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida o'zbek adabiyoti bo'yicha maslahatchi, O'zRFA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963-1983), O'zbekiston Respublikasi Adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo'mitasi raisi (1989-1994) bo'lib ishladi. Adib ijodining debochasi ‒ Studentlar (1951) hikoyasi talabalik yillarida e'lon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin Jon shirin, Kayf, Olov hikoyalari, Qadrim (1961), Erk (1968), Meros (1974) qissalari, Najot, Baxillar va botirlar afsona qissalari (1980), Akramning sarguzashtlari (1974), Yayra institutga kirmoqchi (1970) nomli qissa va hikoyalar to'plamlari birin-ketin chop qilindi. P. Qodirov roman janrida qalam tebratib, Uch ildiz (1958), Olmos kamar (1976) romanlarini yaratdi. Adib avval Yulduzli tunlar (1979), keyin Avlodlar dovoni (1989) romanlari bilan o'zbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qo'shdi. Pirimqul Qodirov tarixiy asarlari: P. Qodirov Yulduzli tunlar'' P. Qodirov Avlodlar dovoni'' P. Qodirov Ona lochin nidosi G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977-1978) nashr qilingan. Pirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida Til va el (1972), Xalq tili va realistik proza (1973), Til va dil (2005) risolalarini yaratdi. Ikki jildli Adabiyot nazariyasi uchun Adabiy asarning tili, Adabiy jarayon boblarini yozdi. Zangori olov zahmatkashlari haqidagi Qadrim qissasi asosida Sening izlaring badiiy filmi (rejissyor R. Botirov), Yulduzli tunlar romani, Jon shirin hikoyasi asosida ko'p seriyali videofilmlar suratga olingan. Bobur pyesasi (rejissyor B. Yo'ldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida, Insof pyesasi esa viloyatlar drama teatrlari sahnalarida qo'yilgan. Adib kitobxonlarga Ona lochin nidosi degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi. 2001- yilda esa uning Qalb ko'zlari nomli (badealar, o'ylar, esdaliklar) kitobi chop etildi. Amir Temur siymosi (2007) tadqiqoti tariximizni xolis o'rganish borasida muhim o'rin egalladi. P. Qodirov tarjimon sifatida L. Tolstoyning Kazaklar, K. Fedinning Dastlabki quvonchlar, P. Tolisning Iz, X. Deryayevning Qismat qissasi va romanlarini ona tilimizga o'girgan. Uning asarlari rus, ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx