Mavzu:Navoiy romani O'qituvchi:Abdukadirova M.M. Navoiy romani O'zbek xalqi tarixida XIV-XV asrlar alohida o'rinni egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi bilan yangi va qudratli o'zbek davlatchiligiga asos solindi. Sharqning hozirga qadar iftixori bo'lib kelayotgan mahobatli inshootlar - me'moriy obidalar bino etildi. Adabiyot, san'at va fan keng taraqqiy etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy faqat buyuk shoir bo'libgina qolmay, XV asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy hayotiga ham katta ta'sir o'tkazdi. Ayrim tarixchilarda: agar Husayn Boyqaro bo'lmaganida Navoiy shoir sifatida bunday yuksaklikka erishmagan bo'lardi, degan fikr bor. Ehtimol, bu fikrda haqiqat urug'lari yo'q emasdir. Ammo eng muhimi shundaki, agar Navoiy bo'lmaganida, Husayn Boyqaro ham davlatni va avom (xalq)ni idora etishda bu darajada muvaffaqiyat qozonmagan, Husayn Boyqaroning o'zi ham, xalq ham, davlat ham allaqachonlar ichki nizolar va urushlarning qurboni bo'lgan bo'lardi. Shu so'zlarning o'zidanoq roman markazida Navoiy va Husayn Boyqaro obrazlari turishi zarurligi yaqqol ko'rinib turibdi. Shubhasiz, Oybekning asosiy maqsadi Navoiyning ulug' inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratishdir. Oybekning talqinicha, Navoiy siymosining ana shu uchala qirrasini o'zaro birlashtirib turadigan magnit maydoni uning insonparvarligidir. Oybek Navoiyning insonparvar shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratish uchun asarga tarixiy shaxslar obrazi bilan birga, badiiy to'qima mahsuli bo'lgan bir qator obrazlarni ham kiritgan. Bular, birinchi navbatda, Navoiyning shogirdi Sultonmurod, uning do'sti Arslonqul va uning sevgilisi Dildordir. Bular - roman voqealarida oddiy xalq vakillari sifatida ishtirok etib, Navoiyning ulug' inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini ochishga ko'maklashadi. Husayn Boyqaro, Jomiy, Behzod, Nizomulmulk, Majididdin singari o'nlab tarix sahifalaridan kirib kelgan. Oybek bu qahramonlar obrazini yaratishda tarix haqiqatiga suyangan. Navoiy - davlat arbobi Navoiy asar boshlarida do'sti Xo'ja Afzal bilan suhbatlashar ekan, unga bunday deydi: Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, - dedi Navoiy shavqlanib, - o'zga xalqlar ibrat ola bilsinlar Tokaygacha insonlar vahshat sahrosida qolurlar! Inson barcha maxluqotning tojidir. U sharafli, sof, go'zal yashamog'i kerak. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin. Inson barcha maxluqotning tojidir. U sharafli, sof, go'zal yashamog'i kerak - Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatidagi butun faoliyati shu narsani amalga oshirishga qaratilgan. Husayn Boyqaro Husayn Boyqaro - Amir Temurning munosib avlodi. U qilich tutishni ham, mamlakatni idora qilishni ham, hatto g'azal yozishni ham yaxshi biladi. Lekin u, romanda aytilganidek, qilichdan ko'ra mayga, jang maydonlaridan ko'ra chaman bog'larda tuzilgan sho'x bazmlarga moyil. Sharq podsholariga xos bo'lgan ana shu xislat bilan xalqning sharafli, sof, go'zal yashashi haqidagi Navoiyning orzu-istaklari ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
362 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
362 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx