MILLATNI BIRLIKKA CHORLAGAN SHOIR (XVII asr o'rtalari -16991700) O'zbek adabiyotida hajviyot rivojiga sezilarli hissa qo'shgan shoir Turdi Farog'iy Buxoroda tug'ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. Ilk ma'lumot Ulkan hajviy va lirik iste'dod egasi, shoir Turdi Farog'iy haqidagi dastlabki ma'lumotlar XX asrning 20- yillarida paydo bo'ldi. Kattaqo'rg'onlik adib Abdulhamid Majidiy (1902-1938) uning bir dasta qo'lyozma she'rlarini topib, matbuotda e'lon qildi va u haqda dastlabki ma'umotni berdi. IKKI TAXALLUS Turdining ismi-sharifi, hayot yo'lidagi sanalar to'la ma'lum emas. Turdi taxal- lusidir. Ayrim she'rlarida bu taxallus Farog'iy bilan yonma-yon keladi. Shunga qaraganda, uning ikki taxallusi bo'lgan. Shu sababli, uni Turdi Farog'iy deb atagan ma'qul. Ma'lum bo'lishicha, Turdi o'zbeklarning yuz degan urug'idan. Buxoroda, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning o'g'illari hukmronligi yillarida yashagan. Shoirning bizgacha hammasi bo'lib, 18 ta she'ri yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She'rlarning 12 tasi - g'azal; 5 tasi - muxammas; 1 tasi - fard. ** She'rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o'zbekcha yozilgan. Turdining she'rlarini mavzu yo'nalishiga ko'ra, ishqiy- falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikkiga bo'lish mumkin. She'r bu -dard! Shoirning aksariyat she'rlarida zamonning shiddatli sadolari o'z ifodasini topgan. Jumladan, ularda shoirning baxtli-baxtsiz kunlari, atrofida yuz berib turgan voqealarga jonli va qaynoq munosabati, bir tomondan, olqish, ikkinchi tomondan g'azab-u nafrat, bir tomondan, pushaymonlik, ikkinchi tomondan, yaxshi kunlar xotirasi bilan yashash singari g'oyat murakkab, ziddiyatli kechinmalar namoyon bo'ladi. Tor ko'ngullik beklar… g'azali «Tor ko'ngullik beklar» she'ri g'azal janrida yozilgan. U adabiyotimiz tarixidagi xalqni milliy birlikka chaqirgan, o'zaro tenglikka da'vat etgan, hududiy yaxlitlikni targ'ib qilgan siyosiy ruhdagi birinchi she'r sifatida alohida e'tiborga molikdir. G'azal sharhi Tor ko'ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikki bovli o'zbak yurtidur tenglik qiling. She'rning dastlabki satrlaridayoq mamlakatda kuchayib borayotgan notinchlik, beklarning bir- birlari bilan yurt talashishga kirishgani his etiladi. Shoir ularni kenglikka chaqiradi. Yurtni tasarruf etishda to'qson ikki o'zbek urug'ini tenglikka undaydi. Birni Qipchoq-u Xito-yu birni Yuz, Nayman demang, Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub, bir jon oyinlik qiling. Qipchoq, Xitoy, Yuz, Nayman, Qirq, Ming - bular o'zbek urug'larining nomlari. Baytning ikkinchi satrida qirq, yuz, ming so'zlari urug' nomidan tashqari sonni ham anglatib, shoir kishilarni bo'linmaslikka, birlashishga chaqirayapti. Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling. She'rda birlashish fikri xalqimizda keng tarqalgan Bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi asosida berilmoqda. Shoir bu ramziy iborani yanada kuchaytirgan, barchani bir to'nga kiritgan. To'nning yaqo, o'ngur (etak), yeng, tiriz (yelka qism)i ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.86 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.86 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx