ALISHER NAVOIY LIRIKASI Xazoyinu-l-maoniy kulliyotining yaratilish tarixi, tarkibiy tuzilishi. 1 Debochada kulliyotning tuzilishi va devonlarning yaratilishi bilan bog'liq masalalar 2 Kulliyotdagi devonlar tartibi va ularning o'ziga xos xususiyatlari. 3 Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий- типологик, текстологик таҳлили. - Т.: Akademnashr, 2016 1 Ҳайитметов А. Навоий лирикаси. - Т.: O'zbekiston, 2016. 2 Навоий Алишер. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 1- 20 жилдлар. - Т. Фан, 1987-2003 3 ww.ziyo-net.uz ww.literature.uz 4 ww.kutubxona.uz Alisher Navoiy o'zbek badiiy tafakkurini jahon badiiy tafakkuri darajasuga olib chiqish bilan o'zining beqiyos, favqulodda ijodiy salohiyat sohibi, ulug' mutafakkir, benazir shoir sifatida namoyon etdi. Bu bilan u jahon adabiyotining yirik namoyandalari qatoridan o'ziga munosib joy egalladi. Alisher Navoiy devonlari 1) Ilk devon - 1465-1466-yil (mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan. Dеvоndа 391 g'аzаl, 41 rubоiy vа bir mustаzоd bоr) 2) Oqquyunli muxlislar devoni- 1471-yil Devonda jami 229 ta she'r bor: 224 g'azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarji'band. 3) Badoye' ul bidoya (Boshlanish badiiyliklar) - 1479-yil (ba'zi manbalarda 1470-1476) 4) Navodiru n nihoya (Yakunlangan nodirliklar) - 1486 - 1487- yillar 5) Xazoyinul maoniy (Ma'nolar xazinasi) - 1492 - 1498-yillar, 44901 misra she'rni, 4 devonni o'z ichiga oladi; 6) Devoni Foniy - fors tilida yozilgan lirikasi Ilk devon Shoirning muxlislari 1465-66 yillarda uning she'rlarini to'plab, devon tuzadilar va bu devon o'z davrida xattotlar sultoni nomi bilan mashhur bo'lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta'liq xatida ko'chiriladi. Navoiyning o'zi Badoye' ul- bidoyaga yozgan debochasida …ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug'roq, o'ksukrakkim o'zlari jam' qilib erdilar, bag'oyat mashhur bo'lub erdi, - deb yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda Ilk devon deb nomlangan bo'lib; 391 g'azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas - jami 434 she'rdan tashkil topgan. Devondagi she'rlarning asosiy qismini g'azallar tashkil etadi. G'azallar 28 arab harflari bilan tugallanuvchi qofiya hamda radiflar asosida tuzilgan. Ilk devon musulmon Sharqida mavjud an'anaga muvofiq hamd g'azal bilan ibtido topadi. Iloho, podshoho, kirdigoro, Sanga ochug' nihonu oshkoro Oqquyunli muxlislar devoni Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov jahon qo'lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o'rganish asnosida Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qo'lyozmasini aniqlab, 2012-yilda fanga ma'lum qildi. Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G'arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan o'g'uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomoni Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she'rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.88 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.88 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx