Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug'ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg'ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug' Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bo'lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo'lib, Farg'ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. UNUTMANG! 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo'ladi. Keyin ham 2 marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo'ldi. 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi. Agra. Orom bog'i. Bobur Mirzo ilk marta shu yerga dafn etilgan. Dehli. Boburiylar avlodi. Qamarjahon Zebunniso Begim Bobur avlodlari. Qamarjahon Zebunniso Begimning qizi Pokiza Sulton Begim Haydarobod. Boburiylar avlodi Ziyovuddin Tusiy. Haydarobod. Laylo Ummaxoni xonadonida Andijon. Bobur uy - muzeyi Toj mahal haqida nima bilasiz? BILIB OLING Tojmahal - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid me'moriy yodgorlik. Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi bo'yida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga atab qurdirgan. 1631-1652-yillarda qurilgan. Taxminan 20 ming ishchi qurilish ishlari bilan band bo'lgan; 100 ortiq fillar Agra shahridan 320 km uzoqda joylashgan tosh yo'naladigan yerdan marmarlarni keltirgan. Bobur ikki she'riy to'plam - devon tuzgan. Bobur o'zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini to'plab, 1519- yilda Kobulda, 1528 - 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to'plam o'sha joylar nomi bilan «Kobul devoni», «Hind devoni» deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas. Saqlanib qolgan she'rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119 tasi g'azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan. Bilib oling! Sharqda keng tarqalgan she'r turi, lirik janr. To'rt satrdan iborat bo'ladi. Ko'pincha 1-, 2-, 4- satrlari qofiyalanib keladi. Eslab qoling Misra oxiridagi Qofiya ohangdosh so'zdir. Misra oxiridagi Radif takrorlanuvchi so'zdir. NAMUNA: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo'lsa, jazo topqusidur. Qofiyadosh so'zlar: vafo-jafo-jazo: 1-, 2-, 4-satrlar o'zaro qofiyalanyapti. Demak, qofiyalanish tizimi: a-a-b-a. Radif- topqusidur RUBOIYLARDAN NAMUNALAR Quyidagi ruboiylarning ma'nosini sharhlang. Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo'lmasa olamda, Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi. Kim bor anga ilm tolibi - ilm kerak. O'rgangani ilm tolibi ilm kerak! Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo'q, Men bormen ilm tolibi - ilm kerak. Ko'pdin berikim yor-u diyorim yo'qtur, Bir lahza-u bir nafas ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx