2-bosqich 1-semestr. 10-mavzu:Sab'ayi sayyordostoni Adabiyot Abdukadirova M.M. Reja: 1 Sab'ayi sayyor dostoni haqida. 2.Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning shu mavzudagi dostonlari. 3. Dostonidagi timsollar. 4. Dostonning badiiy xususiyatlari. Alisher Navoiy Xamsasining to'rtinchi dostoni Sab'ayi sayyor (yetti kezuvchi) deb ataladi. Asarning nomlanishi sababini shoir shunday izohlaydi: Lutf bu nazm aro bag'oyatdur, g'araz ammo yetti hikoyatdur. Chunki qoyil yetti musofir edi, Ki alar sayr ishiga mohir edi, Bo'ldi chun bu raqam ishi tayyor, Qo'ydum otini Sab'ai sayyor. (10-tom, 409) Alisher Navoiyning Sab'ayi sayyor dostoni hijriy 889-yilning melodiy 1484-yilning iyun oyida yozib tugatilgan: Garchi tarixi erdi sekiz yuz, Sekson o'tmish edi yana to'qquz. Oyi oning jumodiyussoniy, Panjshanba yozildi unvoni. Varaqu satrin aylabon ta'yin. Baytini besh ming ayladim taxmin. (10-tom, 411) Turkiy tilda birinchi bo'lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o'z dostonini «Sab'ayi sayyor» deb ataydi. «Sab'ayi sayyor» dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi. Doston muqaddimasi an'anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e'tibor qaratib, badiiy san'ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo'lingani, yetti ko'k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy salaflaridan Nizomiy Ganjaviyning shu mavzuga bag'ishlagan asari Haft paykar (Yetti go'zal) deb atalgan bo'lsa, Xusrav Dehlaviy uni Hasht bihisht (Sakkiz bihisht), zamondoshi Ashraf Marog'aviy esa Haft avrang (Yetti taxt) deb nomlagan edilar. Ularda asosiy diqqat Bahrom qissasiga qaratilgan bo'lsa, Alisher Navoiy asosiy e'tiborni musofirlar tomonidan aytilgan hikoyalarga qaratdi va Bahrom qissasini ana shu hikoyalarning aytilish vositasiga aylantirdi. Demak, Alisher Navoiy an'anaviy mavzuni yangicha talqin, yangicha tahlil bilan boyitib, nazirai benazirni (o'xshash-o'xshamas) maydonga keltirgan edi. Shoh Bahrom haqidagi qissa tarixiy asosga ega. Chunki Bahrom ibn Yazdijurd (Bahromi Go'r, Varaxran V) sosoniylar xonadonining vakili bo'lib, 421-439 yillarda Ajamning podshohi edi. Alisher Navoiy o'zining Tarixi muluki Ajam asarida o'sha davrdagi tarixchilar dunyoqarashi asosida Bahrom binni Yazdijurd haqida ma'lumot bergan [16-tom, 234-237]. Garchi Bahrom tarixiy shaxs bo'lsa-da, ammo u og'zaki va yozma adabiyotda tarixiy shaxslikdan ko'ra badiiy obraz- timsol sifatida ko'proq mashhurdir. Shuning uchun uning sarguzashtlari shunchalik badiiylashtiriladiki, natijada, tarixiylik o'rnini badiiylik egallab boradi. Yazdijurd o'g'li Bahrom otasidan so'ng o'zining qahramonligi - sherni yenggani bilan podshohlik toj-u taxtini qo'lga kiritadi. Mamlakatda adolat va osoyishtalikni o'rnatishga intiladi va shuning bilan birga go'r-qulon oviga ham beriladi. Shundan uni Bahromi go'r deb atash ham odat bo'lib qoladi. Ov jarayonining birida Bahrom rassom Moniy bilan uchrashib, go'zal Dilorom ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
6.44 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx