Mirtemir lirikasi

Mirtemir lirikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Mirtemir lirikasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Mirtemir lirikasi Adabiyot Abdukadirova M.M . Reja: 1.Mirtemir hayoti va ijodi haqida ma'lumot. 2. Mirtemirning lirik asarlari. 3.Mirtemir she'riyatininng o'ziga xos xususiyatlari.  Samarqanddagi O'zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o'qiydi.  O'qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda mehnat qiladi.  Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi. Shoirning birinchi she'ri -yili, 16 yoshida e'lon qilinadi. 1-TO'PLAMI 1928- yili Shoir umri davomida o'nlab she'rlar va dostonlar to'plamlarini chop ettirdi: Tarjimalari 30-yillarda u juda ko'p vaqtini tarjimalarga bag'ishlaydi. Quyidagi ijodkorlarning she'r va dostonlarini o'zbekchaga tarjima qildi: qirg'iz xalq eposi, qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o'zbek o'quvchisiga yetib kelgan. Mirtemir lirikasi haqida Lirik she'riyat shoir qalbining kundaligidir. To'g'ri, lirik she'riyatning bu qoidasiga hamma shoirlar ham rioya qilavermaydilar. Lirik she'riyat shoir qalbining kundaligi bo'lishi uchun shoirda lirik iste'doddan tashqari, samimiylik, o'z ruhiyatida kechayotgan o'zgarishlarni, ruhiy hayotining to'lqinli holatlarini haqqoniy aks ettirish, tabiat va jamiyatda ro'y berayotgan voqealarni o'z yuragidan o'tkazish madaniyati bo'lishi darkor. Mirtemir, ayniqsa, urushdan keyingi davrlarda lirik kechinma tasviriga katta e'tibor berib, ajoyib lirik durdonalar yaratdi. Mirtemirning lirik she'rlari orasida muhabbat mavzusiga bag'ishlanganlari oz emas. Ammo bu she'rlarning aksarida, xuddi mumtoz she'riyatdagi kabi, umumlashgan, muayyan qirralardan xoli bo'lgan an'anaviy, yana aniqroq aytsak, kitobiy yor obrazi tasvirlanadi. Shu kabi she'rlar orasida yor obrazi ozgina bo'lsa-da, aniq-tayin sifatlar kasb etgan Men seni … singari she'rlar ham bor. Men seni injitmayman Va lekin tinchitmayman… satrlari bilan boshlanuvchi bu she'r 1960-yili Qirg'izistonda yozilgan. Bu she'rning badiiy jihatlariga nazar tashlashdan avval uning ijodiy tarixiga to'xtab o'tish joiz. 1960-yilda qardosh yozuvchilar o'rtasida adabiy aloqalarning yaxshi yo'lga qo'yilgani bois Mirtemir qirg'iz yurtiga borib, qardosh yozuvchilarning mehmoni bo'lgan va shu yerda o'zining Qirg'iz she'rlari turkumini yoza boshlagan. O'zbekona tanti tabiatli shoir biror joyga garchand mehmon bo'lib brogan bo'lsa- da, ko'proq mehmonlarga dasturxon yozish va ular ko'nglini olishni sevgan. Bunday paytlarda shoirning sayohatga birga borgan xotiniga aslo tinim bolmagan… Men seni injitmayman Va lekin tinchitmayman… Bu so'zlar bilan boshlangan she'r shoirning xotini Yorqinoyga, turkistonliklar tili bilan aytganda , To'rash kelin oyiga bag'ishlangan. Hozirgina ko'rganimizdek, she'rning asosiy qismi yetti hijoli satrlardan tashkil topgan. Ammo o'qtin- o'qtin she'riy oqimga o'n to'rt hijoli satrlar ham kirib keladi. Garchand bu satrlar ham yetti hijoli turoqlardan tashkil topgan esa-da, fikr va tuyg'uning tugal holga kelishi va qofiyalanish tartibiga ko'ra, yetti hijoli she'riy nutqning davomi bo'la olmaydi. Bu o'n to'rt hijoli satrlar shoir tuyg'ularining favvorasi o'laroq otilib chiqadi va o'ziga xos lirik kechinma vazifasini o'taydi. Yuqorida keltirilgan satrlargan keyin fikr va tuyg'u to'lqini bunday mavjlanib ketadi: Charx urib, bo'z to'rg'ayday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 8.76 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 8.76 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga