Mahmud Qoshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asari slayd

Mahmud Qoshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asari slayd

O'quvchilarga / Adabiyot
Mahmud Qoshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asari slayd - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr. 3-mavzu: Mahmud Qoshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asari Adabiyot Abdukadirova M. M. Reja: 1.Mahmud Qoshg'ariy haqida ma'lumot. 2.Devon-u lug'otit turk asarining yaratilishi. 3.Devonda qo'llangan janrlar haqida. 4. Asardagi mehnat va marosim qo'shiqlari. 5. Alp yer To'nga marsiyasi. Mahmud Koshg'ariy Devon-u lug'otit turk qomusiy asar Devonu lug'otit turk»-adabiy manba. Unda turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so'zlar, 700 satrdan oshiq she'riy parchalar o'rin olgan. «Devon»da keltirilgan she'riy parchalardan 150 satrga yaqini islom davri she'riyatiga xos bo'lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g'azal, qit'a parchalari bo'lib, muallif ularni «bayt» deb ataydi.«Devon»dagi qo'shiqlar ko'proq jangnoma xarakterida bo'lib, ba'zi yirik she'riy parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «Uyg'urlar bilan jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo'yilgan. Kitobda sanab o'tilgan 20 qabila bu bosh turkiy qavmlar nomi xolos. Ularning har biri, o'z navbatida, mayda bo'laklarga bo'linadi. Masalan, muallif o'g'o'z turkmanlarning 22 qismga bo'linishini aytib, har birining nomini keltiradi. Asar birgina tilshunoslik, etnografiya emas, tarix, geografiya, folklor va adabiyotshunoslik, hatto tibbiyot kabi bir qator fanlar nuqtayi nazaridan ham qimmatli ma'lumotlar bera oladi. Masalan, Koshg'ariy buquq (bo'qoq) so'zini izohlar ekan, uning kasallik sifatidagi ta'rifini beradi, tarqalish doirasini belgilaydi, patalogiyasini tasvirlaydi, naslga o'tishiga diqqatni qaratadi. Marsiyada Afrosiyob-Alp yer Ton'ganing achchiq qismati dahshatli fojia, o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan yo'qotish sifatida baholanadi. Alp yer To'nga o'ldimu? Esiz ajun qaldimu? o'dlak o'chin aldimu? Emdi yurak yirtilur. Alp yer To'nga xalq sevgan qahramon. Mana bu misralar motam marosimini eslatadi: Bo'ri bo'lib uldilar. Yoqa yirtib turdilar. Yig'lab-siqtab yurdilar Ko'z yoshlari mo'l bo'ldi. O'quv topshirig'i. To'g'ri va noto'g'ri mashqi. Quyida berilgan ma'lumotlarni o'qib, ma'ruzada tinglaganlaringizga asosan Tog'ri (T) va Noto'g'ri (N) deb belgilab chiqing. Xato ma'lumotni tuzating. 1.Koshg'ariyning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad. 2.Mahmudning ilk ustozlaridan biri Husayn xalifa Bolosog'unlik edi 3.Mahmud Koshg'ariy qomuschi olim va sayyohdir. 4.Koshg'ariy forsiy til grammatikasini ishlab chiqqan 1-tilshunosdir. 5.Devon-u lug'otit turk asaridagi ma'lumotlar X-XI asrlarga oid. Test topshiriqlarini yeching. 1. Mahmud Koshg'ariy qaysi shaharda tug'ilgan? A) Barskon b) Barsg'an c) Bolosog'un d) Koshg'ar 2.Koshg'ariy qaysi shaharlarda ta'lim olgan? a) Buxoro, Marv b) Samarqand c) Bag'dod, Nishopur d) barchasida 3.Devon-u log'otit-turk asari qaysi yillarda yozilgan? a)1072-1074-yillar c) 1064-1066-yillar b)1074-1076-yillar d) 472-474-yillar 4.Asarda turk tili qaysi til bilan qiyoslanadi? A) fors tili b) o'zbek tili c) arab tili d) tojik tili 5.Asarda berilgan badiiy hodisalardan kuy, maqom ma'nosini bildirib she'rga nisbatan qo'llangan atama qaysi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 7.01 MB
Ko'rishlar soni 359 marta
Ko'chirishlar soni 144 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 7.01 MB
Ko'rishlar soni 359 marta
Ko'chirishlar soni 144 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga