Saddi Iskandariy dostoni slayd

Saddi Iskandariy dostoni slayd

O'quvchilarga / Adabiyot
Saddi Iskandariy dostoni slayd - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr. 11-mavzu:Saddi Iskandariydostoni Adabiyot Abdukadirova M.M. Tayanch atama: Me'rojnoma - Muhammad payg'ambarning osmonga ko'tarilib, Olloh bilan uchrashishi me'roj deyiladi. Shu hodisaga bag'ishlab yozilgan badiiy asarlar. Xamsa - besh asar jamlangan to'plam. Maqolat - mumtoz epik asarlaridagi ma'lum mavzuga bag'ishlangan bobning nazariy qismi. Nazira - musobaqa tarzida o'zidan oldingi ijodkor asaridan ilhomlanib yaratilgan asar. Saddi Iskandariy dostonining tarkibiy tuzilishi. 1-4 bob Hamd, munojot va rasululloh (s.a.v.) madhi, me'roj tuni ta'rifi 5-bob Xamsa takmili xususida 6-bob So'z ta'rifi. 7-bob Abdurahmon Jomiy madhi 8-bob Inoyat quyoshi vasfi va hidoyat buluti ta'rifida 9-bob Sulton Husayn Boyqaro madhi 10-bob Badiuzzamon mirzo madhi 11-14 boblar Peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar haqida Saddi Iskandariy. Mazkur asar Xamsaning beshinchi- yakunlovchi dostoni bo'lib, u 1484 yilning ikkinchi yarmida (taxminan noyabr oylarida) yozib tugatilgan. Bu holni Alisher Navoiyning shaxsiy kotiblaridan biri bo'lmish Abduljamilning yaxlit Xamsani 1484 yilda ko'chirgan va hozirda O'z RFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga saqlanayotgan nusxasi ham tasdiqlaydi. Bunga ilova tarzida shuni ham eslatish joizki, Abdurahmon Jomiy o'zining Xiradnomai Iskandariy dostonini 1484 yilning 28 dekabrida yozib tugatgan edi. Ayni ana shu dostondan Alisher Navoiy Xamsasiga Abdurahmon Jomiy tomonidan berilgan yuksak baho (Ba turki zabon nAQSHe omad ajab, Ki jodu damonro buvad muhri lab) o'rin olgan. Saddi Iskandariy dostonining asosiy mazmun-g'oyasini adolat, odil podshoh va insonning komillikka erishuvi bilan bog'lq masalalar tashkil etadi. Ma'lumki, Iskandar - makedoniyalik Aleksandrning Sharqdagi nomi bo'lib, aslida u eramizdan oldingi IV asrda yashagan mashhur sarkarda va jahondordir. Ammo Sharqda Iskandar o'z tarixiy qolipinigina saqlab qolib, adib va shoirlar asarlarida badiiyat qonuniyatlari hamda yozuvchi adabiy-estetik niyatlari asosida yaratilgan badiiy obrazdir. Bu badiiy obraz-Iskandar qaysi davrda yaratilgan bo'lsa, ana shu davr talab va ehtiyojlari asosida o'ziga xos tarzda yaratiladi. Natijada, Firdavsiy ham, Nizomiy ham, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy ham o'zlari istagan Iskandar badiiy obrazini chizdilar. Asarning 27-bobi Iskandarning Doro ustidan g'alabasi va Doro mulkiga ega bo'lishi tasviriga bag'ishlangan. Demak, bunda g'oliblik kayfiyati hukmron bo'lmog'i kerak. Ammo shu bob oxirida Doroni dafn etish marosimi tasviri ham bor. Alisher Navoiy voqealar tasviridan so'ng falsafiy yakun chiqaradi. Bu yakun esa xojagon tariqatidagi nAQSHbandiya yo'nalishi targ'ib etuvchi g'oyalar bilan mosdir. Bobdagi ikki tasvir - Iskandarning Doro ustidan g'alabasi va Doroning mag'lubiyati-yu o'limi shu jihatdan nihoyatda ibratli, ya'ni shoir har bir ish oqibatini o'ylash lozimligi va shunga asosan yashash, faoliyat ko'rsatish kerakligini uqtiradi: Navoiy, jahonda vafo yo'qturur, Aning da'b-u rasmi jafo - o'q durur. Vafo aylab, oning vafosin unut, Navo istasang benavolig'ni tut. (11-tom, 194) Kashmirdagi sehrlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.36 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.36 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga