Mavzu:Zulfiya ijodi Adabiyot Abdukadirova M.M . (1915-1996) 1915-yili 1-martdaToshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang'ich maktabda, so'ng xotin- qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o'qigan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb o'ttiz yilga yaqin Respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Ilk she'r Zulfiyaning ilk she'ri 1931-yilda Ishchi gazetasida bosilgan. IJOD PALLASI Zulfiyaning dastlabki she'rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. «She'rlar» va «Qizlar qo'shig'i» (1938-yil); «Uni Farhod der edilar» (1943-yil); «Hijron kunlarida» (1944-yil); «Dalada bir kun» (1948-yil); «Tong qo'shig'i» (1953-yil); «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil); «Kuylarim sizga» (1965-yil); «O'ylar», «Shalola» kabi o'nlab she'riy to'plamlari chop etildi. MANGU SADOQAT TIMSOLI Zulfiya Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada - 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o'rtog'idan ayriladi. Shundan so'ng umr bo'yi o'z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye. Bagryana va boshqalarning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. O'zining asarlari ham ko'plab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. E'TIROF Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan. Islom Karimov Eslab qoling! ZULFIYA: xalqaro Javaharlal Neru (1968); Nilufar (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati; Bolgariyaning Kirill va Mefodiy (1972) ordeniga sazovor bo'lgan. Zulfiya farzandlari va nevaralari davrasida. Zulfiya 1996-yil 1-avgust kuni vafot etgan. Qabri Chig'atoy qabristonida. ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI 199-yil 10-iyunda ta'sis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida a'lo xulki, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Shoira Zulfiya sharafiga qo'yilgan haykal BILIMINGIZNI SINANG! Zulfiya qanday she'riy to'plamlar va dostonlar muallifi? Shoira asarlari qaysi xorijiy tillarga tarjima qilingan? Zulfiya Isroilovaning jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida gapirib bering. ZULFIYA SHE'RLARIDAN NAMUNALAR NEVARA (ULUG'BEKKA) Nevaram quyunday otilib kirib, Qalamim tagidan qog'ozni yular. Damda varrak yasab ko'kka uchirib, Izidan qop-qora ko'zlari yurar. Varrak tortar shekil, murg'akni kuch-la Oyoq tirab siltar dakani kibor. Ayrilib qog'ozdan, she'rdan va hushdan ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.4 MB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.4 MB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx