Abdurauf Fitrat (1886 - 1938) Fitrat O'rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o'zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. 1886 yili Buxoroda tug'ilgan. Dastlab eski maktabda, so'ng Mir Arab madrasasida o'qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So'ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo'ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909-1913 yillarda Istanbuldagi Voizon madrasasida o'qiydi va bu yerda Buxoro ta'mimi (umumiy) maorif jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so'ng siyosiy faoliyat bilan shug'ullandi. Yosh buxorolilar inqilobiy partiyasiga sarkotib bo'lib saylandi. Samarqandlik ilg'or yoshlarning Hurriyat (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko'p o'tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o'zaro tenglik aloqalarini yo'lga qo'yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a'yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o'zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo'l bermadi. Shu sababli bolshevik balosi bosh ko'targan 1917 yilning Oktyabrini Yurt qayg'usi deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so'ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e'lon qilingan 27 noyabrni Milliy laylatulqadrimiz deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u Qo'qon voqeasi nomi bilan tarixga kirdi. Fitrat o'sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-20 yillarda Afg'onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri Chig'atoy gurungi jamiyatini tashkil etishi bo'ldi. Jamiyat o'zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o'zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o'rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida Tong jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda Chig'atoy gurungi a'zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to'xtab qoldi. 1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o'tgach, Xorijiya noziri, xalq xo'jaligi yig'ilishining raisi, jumhuriyat MIK o'rinbosari. Xalq nozirlari sho'rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay'atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a'zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug'ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.91 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.91 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx