2-bosqich 1-semestr. 13-mavzu:Muhammad Sharif Gulxaniyning Zarbulmasal asari Adabiyot Abdukadirova M.M Reja: 1.Gulxaniy hayoti va ijodi haqida ma' lumot. 2.Gulxaniyning Zarbulmasal asari haqida. 3. Asarning g'oyaviy yo'nalishi va mavzu ko'lami. 3. Asardagi timsollar. 5. Asarning badiiy xususiyatlari. Tayanch atamalar: Masal- so'z san'atidagi eng ko'hna va qadimdan keng ommalashgan janr, nasriy yoki she'riy yo'lda yoziladigan mo'jaz hikoya. Zarbulmasal- masallar yig'indisi. Gulxaniy XVII asrning oxiri, XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan o'zbek mumtoz shoiri va yozuvchisidir.Gulxaniy XVII asrning 70-yillarida tug'ilgan va yoshligidan badiiy adabiyot bilan jiddiy shug'ullanib,Qo'qon adabiy muhitida e'tiborli o'rin egallagan.Gulxaniy forsiy va turkiy tilda mahorat bilan qalam tebratgan zullisonayn shoir edi.O'zbek mumtoz adabiyotida badiiy tasvir uslubiga ko'ra Gulxaniy xalq tilini bilishda,uning so'z boyligidan foydalanishda,nozik ifoda imkoniyatlarini ishga solishda yuksak mahorat sohibidir. Shoir Gulxaniy va Jur'at taxalluslari bilan ijod etgan. Gulxaniyning Zarbulmasalasari juda mashhurdir. Gulxaniy adabiy merosini, asosan, ikki turdagi asarlar forsiy va turkiy tillardagi lirik she'rlari hamda Zarbulmasal tashkil etadi. Shoir Zarbulmasaldagi singari,lirik she'rlarida ham o'ta an'anaviylik va kitobiylikdan qochgan,xalqona soddalikka intilgan. Gulxaniyning Zarbulmasal asari XVII- XIX asrlar o'zbek nasrining nodir namunasidir. Asarda Yapoloqqush bilan Boyo'g'lining quda-anda bo'lishi,Yapaloqqushning o'g'li Kulonkirga Boyo'g'lining qizi Gunashbonuning olib berilishi sarguzashtlari majoziy, o'tkir hajviya tarzida tasvirlanadi.Gulxaniy qushlarning o'zaro murakkab munosabatlari asosida o'z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratadi. Asarning Zarbulmasal deb nomlanishiga sabab,unda yozuvchi xalq tilidagi maqol va masallarni tasvirlanayotgan hayotiy voqealarga mutanosib ravishda zarblash usulida ish tutgan.Zarbulmasal mundarijasiga Toshbaqa bilan chayon,Tuya bilan bo'taloq,Maymun bilan Najjor kabi masal va 400 dan ortiq maqol, talay xalqona iboralar voqealar izchilligiga singdirib yuborilgan. I.Zarbulmasal qahramonlari: 1. Bosh qahramonlar Boyo'g'li, Yapaloqqush Gunashbonu - Boyo'g'lining qizi, Kulonkir sulton - Yapaloqqushning 2. Ikkinchi darajali qahramonlar o'g'li, Ko'rqush - Yapaloqqushning sovchisi, Hudhud, Malikshohin - qushlar podshosi, Sho'ranul- yapaloqqushning do'sti, Kordon- shohning xazinachisi Tarmoqlar metodi asosida ishlash. II.Zarbulmasaldagi har bir masalga xos maqollar keltirish. Kabutar bilan zog' Har kim o'z o'rnini bilishi lozim Maymun bilan najjor Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'lar Tuya bilan bo'taloq Suvsizlikdan baliq o'lsa, daryoga ne g'am Toshbaqa bilan chayon Chayonning kasbi nish urmoq Dumsiz eshak Ko'pga yugurgan -boridan quruq qolar Yolgonchi tuya Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi Yodgor po'stindo'z Maqtanma g'oz- hunaring oz II.Lug'at ishi o'tkaziladi. Bunda o'quvchilarning til bilish qobiliyatlari aniqlanadi. Forschada O'zbekchada Ruschada Inglizchada Zog' Qarg'a Vorona Crow Kabutar Kaptar Golub Dove Teva Tuya Verblyud Camel Sangpo'sht Toshbaqa Cherepaxa Tortoise Kajdum Chayon Skorpion Sckorpion Xar Eshak Osyol Donkey Modar Ona Mama Mother Nav Yangi Noviy New Ikkinchisi ortiqcha o'yini ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx