Furqat hayoti va ijodi slayd

Furqat hayoti va ijodi slayd

O'quvchilarga / Adabiyot
Furqat hayoti va ijodi slayd - rasmi

Material tavsifi

2-bosqich 1-semestr 14-mavzu: Furqat hayoti va ijodi Adabiyot Abdukadirova M.M Reja: 1.Furqat hayoti haqida ma'lumot. 2.Furqat ijodi haqida ma'lumot. 3.Furqat -ma'rifatparvar shoir. Risola-ayrim masalalarga bag'ishlangan ilmiy asar, kitob. Hayoti va ijodi Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat - milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o'zidan boy ma'naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi. Furqat 1859-yili Xo'qand shahrida tug'ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg'in ijodiy faoliyat bilan mashg'ul bo'ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan. Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir 1891-yili chet ellarga chiqib ketishga majbur bo'ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo'lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg'un bo'lib qoladi. 1876-yilda Yangi Marg'ilon (hozirgi Farg'ona) shahridagi savdogar tog'asining iltimosiga ko'ra u yerga ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik o'zi ham kichik do'kon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning borib, savdo arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan. Furqat Yangi Marg'ilonda ijodkor sifatida to'la shakllandi, o'z g'azallariga «Furqat» taxallusini qo'yib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda o'tkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilg'or adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich bo'ldi. 80-yillarning boshlarida Furqat Qo'qonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shug'ullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi bo'lgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda bo'ladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, she'riyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi. Furqatning Qo'qondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz she'riyat an'analari ruhida ko'plab ishqiy g'azallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga go'zal nazira va taxmislar bog'lagan, uning she'rlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng o'rin egallay boshlagan masalan, «Bo'ldi» radifli muxammasi va boshqa she'rlarida. Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qayg'irgan («Ne jurm o'ttiki bizdin, bunchalik ) Qo'qon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bog'liq holda yaratilgan: «Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?» misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toj-u taxtdan, sha'n-u shavkat va a'yonlardan mahrum bo'lgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng o'rin egallaganlining isbotidir. Furqatning ijodiy merosida an'anaviy she'riy turlar, o'zbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi o'rin egallaydi. Uning g'azal va muxammaslari, bog'lagan taxmislari o'zining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan o'quvchini maftun etadi. G'AZALLARI: «Bahor ayyomida gulgasht etarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.5 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 3.5 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga