2-bosqich 1-semestr. 2-mavzu:Go'ro'g'lining tug'ilishi dostoni Adabiyot Abdukadirova M.M. Reja: 1. Xalq dostonlari haqida. 2.Go'ro'g'lining tug'ilishi dostoni sujetining o'ziga xosligi. 3.Dostondagi asosiy qahramonlar tavsifi. 4.Dostonning badiiy-estetik hamda tarbiyaviy ahamiyati. Dostonchilik haqida Dostonlar asosan do'mbira jo'rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi. Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma'lumotlariga ko'ra, XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo'lgan, XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo'lgan. XX asr boshlariga kelib bahshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo'lgan. Go'ro'g'li dostoni haqida O'zbek xalq dostonchiligida «Go'ro'g'li» turkumi katta o'rin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o'tmishdagi hayoti, ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- ma'naviy hamda badiiy-estetik qarashlari o'ziga xos tarzda aks etgan. Go'ro'g'li dostoni haqida «Go'ro'g'lining tug'ilishi» - shu turkumning ilk dostoni. Uni ko'plab bahshilar ijro etishgan. Darslikda Muhammad Jomurot o'g'li Po'lkan shoir (1874-1941) varianti berilgan. Unda xalqning juda qadim zamonlardagi badiiy-estetik qarashlari ifodalangan. Shu ning uchun undagi ayrim fakt va motivlar, obraz va ularning talqinlari hozirgi tasavvurlarimizdan keskin farq qiladi. Go'ro'g'lining o'ziga xos sifatlari Go'ro'g'lining g'ayritabiiy tug'ilishi - uning kelajakda boshqalarga o'xshamaydigan, favqulodda kuch- qudrat, aql-idrok egasi bo'lib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga nisbatan sho'xliklari, o'zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo'ravonlik qilishi esa undagi alplik alomatlarining badiiy tasviridir. Parokanda bo'layozgan Taka-Yovmit elida Go'ro'g'lining kelishi bilan tub burilishlar sodir bo'ldi. Eng muhimi, u el-yurt sha'nini, shavkatini, or- nomusini tiklaydi. Go'ro'g'lida yigitlik burchi va mas'uliyatini his etish juda kuchli darajada shakllangan. Ayni mana shu tuyg'u uni harakatga soladi, kuchiga kuch bag'ishlaydi. Xalq dostonlarida qahramon har doim o'z oti bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Esingizda bo'lsa, Alpomishning ham oti bor edi. U Boychibor nomi bilan mashhur bo'lgan. Xuddi shuningdek, bu yerdagi G'irot ham mana shunday jangovar otlar timsolidir. Umuman, doston xalqning qadimiy va boy tarixini, jangovar o'tmishini, milliy-ma'naviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini yuksak badiiyat bilan ko'rsatib bera olgan ajoyib badiiy-qomusiy merosdir. Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivojlanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya'ni Go'ro'g'lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning o'ziga xos bo'lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o'laroq, Shohdorxonning nuqsonlari ko'zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, o'ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko'ra bilmasligi ko'plab insonlarning bevaqt o'limiga, taqdirlarining o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi. Chunki mana shu urush tufayli Go'ro'g'lining ota-onasi - Ravshan va Bibi Hilol ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi. Go'ro'g'lining g'ayritabiiy tug'ilishi - uning kelajakda boshqalarga o'xshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aql-idrok ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.45 MB
Ko'rishlar soni
679 marta
Ko'chirishlar soni
238 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.45 MB
Ko'rishlar soni
679 marta
Ko'chirishlar soni
238 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx