2-bosqich 1-semestr 14-mavzu:Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodi Adabiyot Abdukadirova M.M Reja: 1.Ogahiy hayoti haqida ma'lumot. 2. Ogahiyning tarixiy asarlari 3. Ogahiy tarjimalari. 4.Ogahiy lirikasi. Muhammad Rizo (1809-1874) Ogahiy 1809-yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlang'ich ma'lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana bir yorqin siymosi bo'lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo'ldi. Mirob shoir Muhammad Rizo maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o'rgandi. 1829-yilda Munis vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o'rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi. Bilasizmi? Mirob - suv ishlari boshqaruvchisi. Tarixnavis olim Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839-yilda Munis boshlab qo'ygan Firdavs ul-iqbol (Iqbol bog'i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda xonlik tarixini shu yilgacha bo'lgan voqealarini o'z ichiga olgan Riyoz ud- davla (Saodat bog'lari) kitobini tamomladi. 1846- yilda (Tarixlar qaymog'i); 1847-1855- yillarda esa (Sultonlik voqealarining yig'indisi) tarixiy asarlarini yozdi. XIX asrning 60-yillarida va (Baxt shohidi) tarixiy asarlarini yozdi. «Ravzat us-safo» (Mirxond); «Tarixi jahonkushoyi Nodiriy» (Muhammad Maxdiy Astrobodiy); «Badoe' ul-vaqoe'» (3. Vosifiy); «Miftoh ut-tolibin» (Mahmud binni Shayx Ali G'ijduvoniy); «Tabaqoti Akbarshohiy» (Muhammad Muqim Hirotiy); «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad Yusuf Munshiy); «Ravzat us-safoyi Nosiriy» (Rizoqulixon Hidoyat); «Axloqi Muhsiniy» (Koshifiy); «Qobusnoma» (Kaykavus); «Zubdat ul-hikoyot», «Sharhi daloil ul-hayrat» (Muhammad Voris); «Guliston» (Sa'diy); «Yusuf va Zulayho» (Jomiy); «Shoh va gado» (Hiloliy); «Haft paykar» (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan o' zbekchaga tarjima qilgan. Ta'viz ul-oshiqin devoni Ta'viz ul-oshiqin - Oshiqlar tumori degani. Devon ma'rifatparvar shoh va shoir Feruz - Muhammad Rahimxon II ning taklifi va talabi bilan 1872-yilda tuzilgan. Devon an'anaviy tartibda tuzilgan: 470 g'azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va ma'shuq savol-javobi, 20 ta'rix, 19 qasida - jami misradan iborat. «Ash'ori forsiy» Devonga «Ash'ori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra she'ri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi. IJODDA YANGILIK Shoir o'zi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baqo berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: o'zigacha bo'lgan 7-8, 10-12 baytli ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx