Abdulla Q a h h o r Sarob romani O'qituvchi: Abdukadirova M.M. Aqliy hujum savollari: 1. Abdulla Qahhor qanday taxalluslar bilan ijod qilgan? 2. Abdulla Qahhor ijodini qanday janrdagi asar yozishdan boshlagan? 3. Ijodkor hikoyalarini qanday yo'nalishdagi hikoyalar tashkil etgan? 4. A.Qahhor qaysi gazeta va jurnallarda faoliyat olib borgan? 5. O'g'ri hikoyasida qanday g'oya ilgari surilgan? 6. Bemor hikoyasida qanday maqol epigraf qilib olingan? Sababini izohlang. Sarob romani haqida Sarob romani 1934-yilda yozilgan bo'lib, adib unda 1920-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi millatchilar deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o'z g'oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga yuz tutishi jarayonini badiiy jihatdan ko'rsatib bergan. Asarda bosh qahramon - Rahimjon Saidiy, uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo'ja singari obrazlar orqali sho'rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlar gavdalantirilgan. Asarda Saidiylar yo'li haloqatli yo'ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro'yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan. Sarob muayyan tarixiy sharoitda, aniq hayotiy-milliy zaminda tug'ilgan; bosh qahramon ham xuddi o'sha tarixiy sharoitda milliy zaminda yetishib chiqqan shaxs; 20-yillardagi konkret ijtimoiy-g'oyaviy kurashlar ichida namoyon bo'ladi, shu kurashlar girdobida haloqatga uchraydi. Sarob muayyan ijtimoiy-g'oyaviy kurashlar bilan mangu ma'naviy-axloqiy muammolarni bog'liq tutash holda ifoda etish san'ati jihatidan ham ibratli. Bosh qahramon xarakteriga xos xudbinlik, individualism shaxs va insoniyat uchun xatarli illat, jiddiy ma'naviy-axloqiy muammo sifatida qadim-qadimlardan beri so'z ustalari e'tiborini tortib keladi. … Sarobda tasvir etilgan yillarga xos siyosiy-g'oyaviy ziddiyatlar va kurashlar allaqachon tarixiy o'tmishga aylangan, ammo Saidiy tabiatiga xos xudbinlik illati hali hayotda barham topgan emas, bugungi kunda ham u eng o'tkir ma'naviy-axloqiy muammolardan bo'lib qolmoqda. … Buzuq muhit alohida odamdagi fazilatlarni qanday yemirishi ham adabiyotning mangu mavzularidan biri. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sarobning bizga bugungi kunlarimizda ham dolzarb qilib turgan bir muhim jihati, asarning ichkilikbozlikka qarshi qaratilgan ruhini olaylik. Saidiyning ma'naviy tanazzuli boshdan-oxirigacha ichkilikbozlikka bog'liq holda ko'rsatiladi. Romanda biror jinoyat yo'qki, uning maslahati ishkilik ustida qilingan bo'lmasin. Saidiy ulfatlari oldida maqtanish uchun goho gazak qilmay ichadi. Ammo ko'p ichgan sari iste'dodi so'nib, sog'ligi yemirilib boradi. Oxirida oqtutqanoq bo'lib, og'iz ko'pirishlari va Murodxo'ja uni jinnixonaga joylashtirish fikriga borganligi - hammasi mash'um mayxo'rliklarning oqibati ekanligi romanda qadam-baqadam isbotlanib boriladi. Sarobda yana bir mangu muammo - xudbinlik bilan bog'liq bo'lgan loqaydlik, iste'dod bilan bog'liq bo'lgan muhabbat. Saidiy romanning boshida ora yo'lda turadi. Bir tomonda, Ehson, Sharif, Shafrin va Kenjalar muhiti. Ikkinchi tomonda, nepman bo'lib singan otasi, sinayotgan pochchasi. Shunday ora yo'l uning ishki dunyosida ham bor. Saidiy to'q oilada oqbilak bo'lib o'sgan, jismoniy mehnatda qo'pollashgan odamlarni to'ngak deb yomon ko'radi, nozik ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:43
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:43 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx