2-bosqich 1-semestr 16-mavzu: Zavqiy hayoti va ijodi Adabiyot Abdukadirova M.M Reja: 1.Zavqiy hayoti haqida ma'lumot. 2.Zavqiy ijodi haqida ma'lumot. 3.Hajviy asarlari haqida. Aqliy hujum savollari 1.Zavqiy Sayohatnomasining Muqimiy Sayohatnomasidan farqi nimada? 2.Zavqiyning adabiy merosi qanday? 3.Uning adabiy merosi bizga qanday yetib kelgan? Zavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o'g'li) (1853 - Qo'qon - 1921) - o'zbek shoiri. Qo'qondagi «Madrasai oliy» va «Madrasai chalpak»da tahsil olgan (1870- 74). Mahsido'zlik bilan shug'ullangan. Ma'lum muddat mirzalik qilgan, Xo'jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, O'sh, Andijon, Marg'ilon shaharlarida bo'lgan. Tog'asi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan. 1903- yil Qo'qonga qaytgan. Zavqiy mumtoz o'zbek adabiyoti an'analarini davom ettirgan, Qo'qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. IJODI Asarlari nomi Janri Ajab zamona Qahatchilik SHE'R Zamona kimniki Veksel Shohimardon xotirasi Ta'rifi kalish HAJVIYA Otim Fonus Pashshalar Zavqiyning g'azal, muxammas, muvashshahlari («Aylab keling», «Radifi Zavqiy» va boshqa)da o'zi yashagan muhit va tuzum, mehnat ahlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuyg'ularini qarama-qarshi qo'yadi («Yuzingni ko'rsatib avval», «Bodai vasling» va boshqa), kishilarni turmush go'zalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha she'rlari («Kajdor zamona», «Ajab zamona», «Abdurahmon shayton» va boshqa)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma'muriyati himoyasida bo'lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. YUZINGNI KO'RSATIB Yuzingni ko'rsatib avval o'zungga bandalar qilding, Yana ko'nglum olib yuz noz birla xandalar qilding, Jamoling partavin solib, ajoyib jilvalar qilding, Masihdek bir boqishda murda jismim zindalar qilding «Senga men to qiyomat oshno», deb va'dalar qilding. Qani menga vafoi ahd qilg'oning, guli g'uncha, Qani bulbul sifat oldingda turgonim ochilg'uncha, Qani bizlarg'a hamsuhbat raqiblardek tong otquncha, Sani dardi firoqing aytib-aytib yig'lay o'lguncha, Na deb ey mehri yo'q, men xasta qulg'a g'amzalar qilding. Deb erding: kecha-kunduz men seni yoring bo'lurman deb, Tikandek suhbatingda bir guli noring bo'lurman deb, Jafoni senga oz aylab, vafodoring bo'lurman deb, Umidim ko'p edi, yolg'iz xaridoring bo'lurman deb, Ajabkim xalq ichinda bulhavas deb shikvalar qilding. Manga mardumlar aydi: berma ko'ngul bevafo yora, Seni ovora aylar, ahdi yolg'onlar, sitamkora, Vafosi yo'q, ishonma so'ziga, sho'xi jafokora, Dedimkim, nosiho in'om ko'pdur oshiqi zora, Netay, ey bemuruvvat, oxiri sharmondalar qilding. Zavqiyning «Muncha ko'p» radifli hamda «Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi» misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19- asr boshlari she'riyatidagi eng o'tkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. Zavqiy ijodiy merosida o'zbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta o'rin tutadi («Yangi Qo'rg'on qishlog'i», «Suv janjali», «Shohimardon sayohati» va boshqa). Bu ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx