8-mavzu:Farhod va Shirindostoni Adabiyot Abdukadirova M.M. Reja: 1.Farhod va Shirin dostoni haqida. 2. Dostonidagi maktublar - asar syujetidagi muhim badiiy lavha. 3. Farhod va Shirin dostonidagi ramziy timsollar 4. Dostonning badiiy xususiyatlari. Adabiyot masalasi - bu ma'naviyat masalasidir Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganlaridek: O'zbek adabiyoti deganda beixtiyor ko'z o'ngimizda Alisher Navoiy siymosi gavdalanadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g'ururi, shon-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo'lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlovchi biron-bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa. Farhod va Shirin dostoni syujeti esa XII bobdan Chin xoqoninig farzandsizligi va shahzoda Farhodning yo'qlik xonasidan borliq gulshaniga kelgani ta'rifi bilan boshlangan. Alisher Navoiy Farhod va Shirin dostoni uchun tanlagan syujetda Farhodning Chindan, Shirinning Armaniyadan bo'lishi - ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul variantdir. Negaki, dostonning o'zagi bo'lmish Ishqiy- qahramonlik syujet chizig'ining Chin - Armaniya orasida kechishi yozuvchiga o'zini o'ylatgan muammolar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratdi. Chin mamlakatining shohi o'g'il farzand ko'rganligi uchun xalqqa ehson qilib,bir necha kun bayram qiladi.Xalq uch yil soliq to'lashdan ozod qilinadi.Podsho farzandiga yaxshi ism qo'moqchi bo'ladi. Bolaning yuzida farri shohiy,ya'ni shohlik nuri porlab turardi.Bu nur soyasi ostida esa himmat, iqbol hamda davlat o'rin olgan edi.Shoh far so'ziga himmat,iqbol va davlat so'zlarini bosh harflarini qo'shgan edi, Farhod ismi hosil bo'ldi. Chaqaloqni pokiza zotini ko'rgan ishq ham unga Farhod ismini qo'ygan va uni firoq, rashk, hajr, oh va dard so'zlarini bosh harflarini tanlagan edi. Badiy asar syujeti badiiy shakilning eng muhim elementlaridan biri bo'lib, asarda bir biriga uzviy bog'liq holda kechadigan, qahramonlarning xati- harakatidan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Jumladan, Farhodning Iskandar ko'zgu tilsimini yechishga ishtiyoqi, Yunon mamlakatiga lashkar tortib borishi, ajdarho va Ahiraman dev bilan jangi kabi voqealar asarga hech bir zo'rakiliksiz, o'quvchi xayolini band etgan Farhod-Shirin linyasiga uzviy bog'langan holda olib kiradi va muhimi, ular shoirga vatanparvarlik, adolatparvarlik, xalqlar hamdo'stligi muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarni ifodalash imkonini yaratdi. Navoiy o'zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an'analarini davom ettirgan.Farhod va Shirin dostoni o'zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo'lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma'shuqalarning o'zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari - nomalaridan tuzilgan o'ziga xos g'oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo'lgan ...

Joylangan
05 Oct 2023 | 08:43:09
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
650 marta
Ko'chirishlar soni
456 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
05 Oct 2023 [ 08:43 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
650 marta
Ko'chirishlar soni
456 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx