ABAY QO'NONBOEV (1845-1904) Qozoq adabiyotining asoschilaridan biri shoir va ma'rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo'nonboev Semipalatinsk uezdiga qarashli Chingiztov romanida chorvador oilasida tug'ilgan. Dastlabki ta'limni madrasada olgach, yangi usuldagi maktabda tahsilni davom ettirdi. U Sharqning buyuk vakillari-Firdavsiy, Nizomiy, Sa'diy, Hofiz asarlarini chuqur o'rganib, Ovrupo adabiyotini talil etishga kirishdi. A. Pushkin, L. Tolstoy, M. Saltikov-Shchedrin ijodini tadqiq etish bahonasida Sharq va G'arb adabiyotining bog'liq jihatlarini mukammal o'rgandi. U yoshlik chog'ida she'r yozish bilan birga o'lan aytish bo'yicha nom qozondi. Ma'rifatparvar shoir asarlari tarqoq qozoq xalqini birlashishga chaqirib, ilm o'rganish, ma'rifat olish yuksalish va ozod bo'lishning eng ma'qul yo'li ekanini uqtiradi. Abay qozoqlarning birinchi kompozitori edi. U o'z she'rlariga xalqona usulda musiqa bitib, kuylardi. Qozoq xalqiga rus adabiyotining eng zo'r asarlarini tarjima qilib yetkazgan ham Abay edi. Shoirning «O'larn» lari tarjima qilinib maktab darsliklari va o'quv qo'llanmalarga ham kiritilgan. Qozog'im, sho'rlik yurtim, vayron yurtim! Qorong'uda yo'l topolmay, hayron yurtim! Yomon bilan yaxshini farq qilolmay, Og'zida ham qon, ham moy, sarson yurtim. Biy bo'ldi qiyqim boylar bosh-boshiga, Dog' soldi, zahar soldi yurt oshiga. Qo'rqaman hassasi yo'q ko'r singari, Elim unar buzuqlar aldashiga. Gadoy sho'rlik yuradi poda boqib, O'tini yo'q isinsa olov yoqib. Xotin urchuq yigirar, yung savalab, Chakman to'qir sovuqda yelka qoqib. Soyaday ham o'rni yo'q boy uyida, Sarqiga ham ilinmas shu kuyida. Lekin uzoq keta olmas, chorasi yo'q, Yo rabbiy, har kim kulsin o'z to'yida. To'g'ri so'zlik o'lanim, o'zing ko'rkam! Mayli, tatimasa ham so'yla bardam. Bu yurt so'z oshig'imas, mol oshig'i, Roziman, mindan biri tushunsa ham. Ammo aql chaqirilmagan mehmon emish, Aqli borga bunday umr zindon emish. Kechiring, nodonlarga tegib o'tsam, Bu elda to'g'ri aytgan yomon emish. Abay «Nasihatlar» ning o'ttiz birinchi so'zida shunday yozadi: «Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to'rtta shart bor: avvalo, zehnli bo'lmoq kerak; ikkinchidan, bir narsani ko'rganda yo eshitgan-unga chin yurakdan ixlos qo'yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab ko'ngliga jo qilmoq kerak; to'rtinchidan, ko'ngliga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik kerak». ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.62 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.62 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: docx