ABDULLA QODIRIY (1894 - 1938) « Yozmoqqa niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'g'risi, bir havasdir». Abdulla Qodiriy («O'tkan kunlar») O'zbek tarixiy romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida bog'bon oilasida tug'ilgan. U moddiy muhtojliklar sababli 9-10 yoshlarida maktabga boradi, bir boyga xizmatkor bo'ladi, toqichilik hunarini o'rganadi, bog'dorchilik bilan shug'ullanadi. 1912 yilda Abdulla rus-tuzem maktabini tugatib, ikki yil o'tgach, Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o'qishga kiradi. U 1912 yilda Rasulmuhammadboy ismli savdogarga prikazchik bo'lib ishga kiradi, 1914 yilda boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi va Nafisa, Habibulla, Adiba, Anisa, Mas'ud nomli farzandlarni tarbiyalaydi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o'sha davrga to'g'ri keladi. «Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg'on gazetalarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim. 1913 yilda o'zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag'och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg'ondi». Abdulla Qodiriy 1919 yilda «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo'ladi, so'ngra «Ro'sta» gazetasiga muxbir, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida xodim, «Inqilob», «Kommunist yo'ldoshi» majmualarida sarkotib va xodim bo'lib ishlaydi. Adib o'z asarlarini «Qodiriy», «Julqunboy», «Kalvak Maxzum», «Toshpo'lat», «Ovsar», «Dumbul», «Shig'oy» degan imzo-taxalluslar bilan e'lon qilgan. Abdulla Qodiriy 1926 yilda «sho'ro rahbarlarini matbuot orqali obro'sizlantirdi» degan tuhmat bilan sudlanadi, 1927 yilda qatag'onga uchraydi va 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlanadi. 1958 yildan boshlab Qodiriyning qutlug' nomi, asarlari xalqqa qaytarila boshlandi. Qodiriyning katta o'g'li Habibulla Qodiriy (1919-1987) shifokor, yozuvchi bo'lib yetishdi, «Otam haqida», «Abdulla Qodiriyning so'nggi kunlari» kabi asarlar muallifi sifatida tanilgan. Abdulla Qodiriy «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o'g'ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida ham bo'lgan. Asarlari: «Jinlar bazmi» (mavhum hikoya), «Baxtsiz kuyov» («Padarkush» p'esasidan ta'sirlanib yozilgan. Qodiriy o'z tarjimai holida bu haqda quyidagicha yozgan: «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» pesasi ta'sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg'onimni bilmay qoldim (1915 yilda)». Bu dramada amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko'tarib dabdabali to'y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay, garovga qo'yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o'zini-o'zi o'ldiradi, sadoqatli umr yo'ldoshi ham o'ziga pichoq uradi), «Juvonboz» («Padarkush» pesasiga taqlidan yozilgan, bu hikoyada o'qishni tashlab buzuq, shaltoq yo'llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; oxiri jinoyatga qo'l uradi, qamaladi), «Obid ketmon» (1934, qahramonlari: Obid ketmon, Berdi tatar, Xatib domla, mulla Muhsin va boshq. Asarda mulla Obid qaynotasi in'om etgan besh tanob yerda tadbirkorlik bilan halol ishlab, katta boylik, shuhrat topadi. Oybek yezuvchining mahoratiga tan berib shunday yozadi: «Domlalarning obrazini chizishda yozuvchi san'atkor. Domlalarning ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.3 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.3 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: docx