Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi

Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi. REJA: .Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari. .Qodiriyning ilk ijodi. .Qodiriy - jurnalist. .Qodiriy - tanqidchi. BAYONI: Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda bog'bon oilasida dunyoga keldi. Boshida boy oilada tug'ildimmi yoki kambag'al oiladami, albatta, bilmadim, - deb yozadi A.Qodiriy, - ammo yoshim 7-8ga yetgach, qornim oshga to'ymog'onidan, ustim tuzukroq kiyim ko'rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog'i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog'ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog' mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz. Abdulla bolaligidayoq zehni o'tkir, o'qish-o'rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo'lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski maktabda o'qigach, 12 yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradilar. Xo'jayin savdogar kishi bo'lib, o'rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o'qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o'qish, ham o'qishdan keyin xo'jayin qo'lida ishlash Abdulla uchun og'irlik qiladi, maktabga yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki davom etadi. So'ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o'z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o'qishga qatnaydi. O'qishdan bo'sh vaqtlarida akasi yoniga kirib toqichilik hunarini o'rganadi. Ikki-uch yil shu toqichilik va bog' ishlari bilan band bo'ladi. Bolalikda egallagan bu hunarlarni, ayniqsa, bog'dorchilikni u bir umr tark etolmaydi. Abdulla rus-tuzem maktabini 1912-yil muvaffaqiyat bilan tugatdi. Bu maktabda o'qish, bolaligidanoq rus tilini egallash bo'lg'uvchi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim kasb etdi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan tanishuvi uchun bevosita yo'l ochib berdi. Ikki yil o'tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o'qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta'lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o'zlashtirish uchun zamin hozirladi. Abdulla 1912-yili Rasulmuhammadboy otliq savdogarga prikazchik bo'lib ishga kirdi. Bu savdogar boy insofli, ochiqko'ngil, mulla, ziyolilarni hurmat qiladigan kishi edi. Bu odam xonadonida yashab, uning savdo do'konida ishlab, Abdulla zamonasining ko'p ilg'or, ziyoli kishilari bilan tanishadi. 1914-yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan keyingi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo'ldoshi Rahbaroy, u keyinchalik birin-ketin in'om etgan ikki o'g'il, ikki qiz - Nafiza, Habibulla, Adiba, Ma'sudlar bilan kechdi. Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o'sha davrga to'g'ri keladi. Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadig'on gazetalarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim. 1913-yilda o'zbekcha Sadoyi Turkiston, Samarqand, Oina gazetalari chiqa boshlag'och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg'ondi. Sadoyi Turkiston gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Yangi masjid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 132.28 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 132.28 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga