ABDURAHMON JOMIY (1414-1492) XV asr fors- tojik adabiyotining rivoji uchun eng muhim davr bo'ldi. Temuriylar saltanatining takomili, temuriyzoda hukmdorlarning fan va san'atga homiyligi misli ko'rilmagan darajadagi yutuqlarga olib keldi. Hirot, Xuroson, Movarounnahr, Shom, Samarqad ulkan madaniyat va ma'rifat maskaniga aylandi. Tasviriy san'atda Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Muhammad Muzahhib, Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar, naqqoshligu hattotlikda Amir Ali Tabreziy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qilqalam, Darvesh Muhammad Buxoriy, Udiy, Hoja Yusuf, Darvesh Ahmad G'ijjak nom chiqargan bo'lsa adabiyo muhitda bir qator adibu ulumolar qalam tebratishdi. Shoir Ashraf- Shohruh Mirzo zamonida Hirtda yashagan. Nizomiyning «Maxzan ul asror» iga javob tarzda «Minjoh ul -afror», «Haft paykar»iga «Haft avrang», «Layli va Majnunga» «Riyoz ul-oshiqin», «Xusravu Shirin» ga «Ishqnoma» asarlarini yozgan. Beshinchi asarni ham bitgani haqida ma'lumot bor, xolos. Ali Osiy «Layli va Majnunga» javob tariqasida «Xayol va visol», Faseh Rumiy «Xamsa», Xoja Imomiddin Lohuriy «Layli va Majnun», Amir Shayxim Suhayliy «Layli va Majnun», Abdullo Hotifiy «Xamsa», Kotibi Turshezi Nishopuriy «Gulshani abror», «Nazir va Manzur», Kotibiy «Synoma», Mavlono Orifiy «Go'yu Chavgon», Mavlono Muhammad Ahlii Sheroziy «Sha'mu parvona», «Sehri xalal» asarlarini yozgan. Shu bilan birga Qosim Anvar, Jamoliddin Hamzai Azuriy, Og'a Malik Shohiy, Sirojiddin Bisoti Samarqandiy, Burunduqi Buxoriy kabi shoirlar g'azal janrini baland mavqega yetkazishdi. Ayni shu davrda yashagan Husayn Voiz Koshifiyning «Anvori Suhayliy» asarini, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» tazkirasini ta'kidlash joiz. Abdurahmon Jomiy hijriy 817-yilning 23 sha'boni melodiy 1414-yilning 8- noyabrida Jom shahrida tug'ilgan. Otasi Ahmad ibni Muhammad Dashtiy o'z zamonasining yetuk ziyolilaridan edi. Uning avlodi Isfahondan Jomga ko'chib o'tadi. Otasi bilan Hirotga kelgan Jomiy Nizomiya madrasasida Junayd Usuliydan ilk saboqni oladi. Keyinchalik zamonasining ulug' mudarrislari Mavlono Xojali Samarqandiy, Sayid Sharif Jurjoiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy, Sa'diddin Taftazoniylardan saboq oladi, so'xbatlaridan bahramand bo'ladi. Jomiy NAQSHbandiya tariqatining buzurg murshidlaridan. Uning tariqatdagi ilk ustozi Sa'diddin Qoshg'ariy, ikkinchisi Xoja Ahrori Valiy edi. Hayot davomida Jomiy yetti marta safar qilgan: Avvalo Jomdan Hirotga; ikkinchisi, Shohruh Mirzo zamonida ilm olish maqsadida Samarqandga; uchinchisi, Samarqanddan Hirtga; to'rtinchisi, Xoja Ahrorni kutib olish maqsadida Hirotdan Marvga; beshinchisi, 1466-yilda Xoja Ahrori Valiy suhbatlariga yetishish uchun samarqandga; oltinchisi, Samarqandga. Ayni shu safar chog'ida Toshkand atrofida 1469-1470 yillarda Xoja Ahror bilan uchrashadi. yettinchisi, 1471-yilda Hirtdan Hijozga, Makkaga. Safar chog'ida Jomiy, Nishopur, Sabzavor, Bastom, Domgon, Simnon, Qazvin, Jomiy Hirotga qaytib, umrining oxirigacha shu joyni manzil qiladi. U 1492-yil 25-noyabrda (hijriy 898, 17 muharram) Hirotda vafot etadi. Ulug' murshidning o'limi Navoiy kabi shaogirdlarga juda og'ir edi. Hazrat Alisher ustoziga bag'ishlab, «Xamsat ul-mutahayyirin» asarini yozgan edi. Jomiy ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
10.77 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
10.77 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: docx