Abdurahmon Jomiyning she'riyati uchta devonga to'plangan bo'lib, ulardan birinchisi «Fotehat ush- shabob» dir. U 1463 yilda tuzilgan bo'lib, keyinchalik 1475 yilga qadar yozilgan she'rlari ham kiritilgan. Devon debocha bilan ta'minlangan. Unda devonning Abu Said mirzo zamonida tuzilganiga ishoralar bor. Shoir bu devonni 1479 yilda qaytadan ko'rib, yangi she'rlarni qo'shib to'ldiradi hamda avvalgi debochani yangilab , unda Husayn Boyqaroning nomini (Abu Said mirzo o'rniga) kiritadi. Shuning bilan birga debochada she'r va uning ijtimoiy hayotdagi mavqyei xususida diqqatga sazovor mulohazalar bayon qilingan. Ikkinchi devoni «Vasitat ul-iqd» bo'lib, uni tuzish 1480 yilda boshlanib, 1488 yilda oxiriga yetadi. Unda birinchi devonga kirmagan she'rlar (4487 bayt) to'plangan. Unda ham muqaddima bor. Uchinchi devon «Xotimat ul hayot» deb atalib, 1491 yilda tuzilgan. Unga ikkinchi devonga kirmagan, yangi yozilgan 2755 bayt ham bor. Bu uch devonning har biriga yuqoridagi tartibda nom qo'yishni Alisher Navoiy taklif qilgan edi, bu taklif Abdurahmon Jomiyga ma'qul tushgan va shunday nomlangan. Bu haqda Abdurahmon Jomiy bu devonlar uchun yozilgan yangi muqaddimada, Alisher Navoiy esa «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida alohida so'z yuritgan. Jumladan, Alisher Navoiy yozadi: «Faqirg'a (Alisher Navoiyga) o'z muborak xatlari bila bitilgan devonni inoyat qildilar. Faqir iltimos qildimkim,…Siz (Abdurahmon Jomiy) bu devonlarg'a munosib otlar qo'ysangiz… Alar qabul qildilar». (MAT, 15- tom, 68-bet). Mazkur uch devonda 11 janrda yozilgan 2320ta she'r bo'lib, ulardan 1805tasi g'azaldir. Boshqa janrlardan ruboiy 274 tani, qit'a esa 137 tani tashkil etadi. Qolgan 8 janrdagi asarlarning hamasi 104 tadir. Demak, devonlardagi yetakchi janr g'azal, ruboiy va qit'alardir. Abdurahmon Jomiy she'rlari, jumladan g'azallarining asosiy mavzusi ishq va muhabbat bo'lib, tasavvuf va pand-nasihatga oidlari ham bor. Fikrning isboti uchun g'azallarning o'zbek tiliga qilingan tarjimalaridan bir-ikkitasini qo'zdan kechirish maqsadga muvofiqdir: Baxt tongini yoritdi mehri toboning sening, Ishq elining qiblasi qoshing-sharaf-shoning sening. Nozaninlar husnini ko'p etma menga jilvagar, Ikki olamdan kechib, bo'ldim-ku qurboning sening. Bir qarashda nozaninlardan olursan aqlu hush, Men kabi ojiz na qilgay, bo'yla har oning sening. Bermagil ozor jonimga desam, lab tishlading, Jonga ozoring men uchun lutfu ehsoning sening. Bog' aro sarvu sanobar xasta-yu sharmandadir Oni shunday holga solmish sarvi bo'stoning sening. Goh bizning yonimizda, goh raqiblar yonida, Rohatu tashvishdir, xullaski, har yoning sening. Jomiy ishqing kuylamoqdan boshqa ishni bilmagay Toza gulsan, bulbulingdir ushbu xushxoning sening. (Jomiy. Tanlanma asarlar, Toshkent, 1971, 32-bet). G'azalda majoziy ishqdan bahs yuritilib, insonning olijanob tuyg'ularidan, oshiqning yoriga nisbatan bo'lgan samimiy muhabbatidan, yorning bo'stondagi sarvu sanobarlarni sharmanda qilguvchi go'zal siymosi bilan birga oshiqqa nisbatan ozorlari haqida so'z boradi. Har qanday holatda ham oshiq o'z ishqida sodiq, ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.69 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.69 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: docx