ABU ABDULLOH RO'DAKIY (858-941) Abu Abdulloh Ro'dakiy fors-tojik adabiyotining asoschilaridan bo'lib, Somoniylar podsholigi zamonida Buxoroda tug'ilgan. Zamonasining mashhur tarixchi, faylasuf, olimlaridan muntazam tahsil olgan. Abdullohni saroyga chaqirishadi. Ro'dakiy yozgan asarlarning oz miqdori bixzgacha yetib kelgan. Unda shoir haqiqiy hayotni tasvirlashga harakat qiladi. Ayniqsa, «Qarilikdan shikoyat», «May onasi» qasidalari va o'nlab o'ynoqi, ravon, sermazmun g'azallari kishini o'ziga maftun etadi. Shoir ijodini ilmiy o'rgangan olimlar uning «Kalila va Dimna» ni nazmga aylantirganini qayd etadilar. Somoniylar saroyidagi muhitga o'rganolmay qolgan Ro'dakiy o'zi tug'ilgan Panjrudak qishlog'iga qaytadi. 941-yilda o'sha yerda vafot etdi. 1957-yili dunyo bo'yicha Ro'dakiyning 1100 yilligi keng nishonlandi. 1963-yilda Tojikiston hukumati eng yaxshi badiiy asar uchun Ro'dakiy nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi. «Qarilikdan shikoyat» asari shoir Ro'dakiyning hasbi holi tarzida qabul qilinadi. O'zbek tiliga G'afur G'ulom juda sodda, ravon tarjima qilgan. Shoir qarilik holatini tishining to'qilishi, sochining oqarishi, qaddining xam bo'lishi tarzida tasvirlaydi: Tishim bari to'qilib ketdi, durri g'alton ketdi, Ularni tish dema, balki charog'i tabon edi. Oqish kumush edi-yu, xuddi duru marjon edi, Buloqning qatrasi yoinki tongda cho'lpon edi. Dunyoning bevafoligini uqtirgn shoir yoshlik kezlarini eslaydi. Shod-xurram yurgani-yu gajak-gajak qora sochini, atlas kabi yuzining tiniqligi-yu bir ko'p kanizaklar unga oshiqligini zavq bilan qalamga oladi: Sen, ey yuzi to'lin oydek go'zal, ne bilgaysan? Besh olti kuni nari holim nechog'li shodon edi? Ko'pincha sen gajaging birla menga maqtanasan? Gajak-gajak qaro sochim misoli chavgon edi. Yuzim tekisligi atlas kabi zamon o'tdi, Mening sochim u zamonda qaro-yu qatron edi. Ro'dakiy yoshligidagi ijodiy shijoatini tasvirlarkan, she'riy tilining burroligini alohida uqtiradi. O'shanda u o'zining eng boy inson deb biladi: Dilim xazinasi o'z gavhari-la limmo-lim, Qayonga xatki yozibman she'r muhr unvon edi. Ko'rib turibsan o'zing Ro'dakiyni, oy yuzlim, Ko'rolmading uni, attangki, u boy inson edi. Shoir o'zining yigitlarning yigiti, she'rlari olamga manzur, devon tuzgan Xuroson shuarosi deb bilib, mazkur yuksalishning ulug' manbai Somoniyligiga alohida urg'u beradi: Butun she'rlari manzuru tinglamish olam, Butun she'rlari o'z-o'zigacha devon edi. Uning she'rlarini tinglagan jahon o'tdi, Kechib zamonaki, ul shoiri Xuroson edi. To'yin-to'kin, bu ulug'lik sabablarini so'rasang, Bu ne'matu bu ulug' manbai oliy Somon edi. Asar oxirida shoir xulosalaydi: avvalo, umr o'tdi, tishlar to'qilib, sochlar oqardi, qarilik o'z haqqini oldi. Yoshlikdagi qiziqishu, quvonchlar o'tdi-yu, ketdi. Ikkinchidan, biz yashagan yoshlik damlari va quvonchlarining vaqti zamoni o'tdi, ya'ni endi Somoniylar davlatining zamoni emas: Zamona aynadi, men ham tamoman o'zgardim, Asomni qo'lga ber endi, u boshqa davron edi. Xullas, Ro'dakiy sazkur asarida tug'ilishidan to qarilikkacha bo'lgan davrini real tasvirlashga intiladi. Ro'dakiy qit'alarida ko'tarilgan mavzu ijtimoiylikdan odamiy ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.24 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.24 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: docx