Abu Iso at-Termiziy

Abu Iso at-Termiziy

O'quvchilarga / Adabiyot
Abu Iso at-Termiziy - rasmi

Material tavsifi

Abu Iso at - Termiziy Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at-Sulami Al-Bulg'iy at-Termiziy 824-yili Termiz shaxrida duyoga keldi. Imom at-Termiziy xam yoshlik chog'idan xadis mutolasiga kirishib tezda xadislarni to'play boshlagan va bu yo'lda ko'plab xadis olimlari bilan muloqotda bo'lib, ularning suhbatini olgan. Imom at-Termiziy Imom al-Buxoriyga shogirda bo'lgan.Undan tashqari Muslim, Abu Dovud, Qutayba, Ibn Sa'id,Isxoq ibn Muso, Muhammad ibn G'iylon, Sa'id ibn Abdurxmon, Muhammad ib Bashorat, Ali ib Xujr, Aqsad ibn Mun'i, Muhammad ibn al-Musanno, So'fyon ibn Vaq'i, kabi qator yirik muhandislarni ham o'ziga ustoz deb bilgan. Umrining so'nggi yillarida at-Termiziyning ko'zlari ojiz bo'lib qoladi va u 879-892-yillari ona shaxri Termizda vafot etadi. Imom at-Termiziy o'zining Sunan asaridan tashqari yana quyidagi kitoblarni yozganligi ma'lum.Chunonchi: Kitob al-ilal |Nuqsonlar kitobi|, Kitob at-tarix |Tarix kitobi|, Kitob ash-shamoil annabiyya |Payg'ambarimizning axloq odoblariga oid kitob|, Kitob az-zuxd |Zoxidlar haqida kitob|, Kitob al-asmo valkuna |Roviylarning ism va laqablari haqida kitob| va boshqalar. Imom at-Termiziy yuksak axloqiy va insoniy fazilatlarga ega, o'tkir zexn va zakovat soxibi edi.U zot taqvoda alohida ajralib turar, kam taom, ammo ko'p ijod mehnat qilar, axloqsizlikni qattiq qoralar edi.Imom at-Termiziy doimo ilm fanni targ'ib qilar va ayni vaqtda muloyimlik, xushfe'llik va xalimlik kabi go'zal fazilatlar u kishida mujassam edi. Imom at-Termiziyning 'Sunan kitobida keltirilgan xadislarda uning ta'lim tarbiyaga, axloq odobga fikrlari ko'p uchraydi.Chunonchi, doim insonda yaxshilik fazilatlarini takomillashtirishni quyidagi xadislarda bayon etadi: Allox nazdida eng yaxshi do'st deb doimo xayrli ishlarni qilib yuruvchi kishilarga aytiladi. Allox naznida eng yaxshi qo'shni o'z qo'shilariga yaxshilik qilguvchisidir, Odamlarga shukur aytmaydigan kishi Alloxga ham shukur qilmaydi, Odamlarga xayrixoxliging - bu sening sadaqang. Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da'vat etishing va zulmdan qaytarishning -sening sadaqang Adashgan kishilarga to'g'ri yo'l ko'rsatishing xam-sadaqa. Xatto kamag'allarga xusmomilada bo'lishing xam -sening sadaqang, Yerda xalaqit berib yotgan biror tosh, tikanak yoki suyakni bir chekkaga olib qo'yishing ham - sadaqa, O'z paqiringdan suvdan boshqalarning idishlariga solib berishing ham sadaqa hisoblanadi.. Sog' tanda sog'lom aql degan naqlga amal qilib, alloma yoshlikdanoq sog'liqni saqlashga, vaqtni bekor o'tkazmaslikka da'vat etadi: Ikki narsa borkim, ko'pchilik ularning qadriga yetmaydi: biri sog'liq, ikkinchisi bo'sh vaqt. Imom at-Termiziy to'plagan xadislar orasida bolalarni axloq-odobga, marxumlarga xurmat ruhida tarbiyalashga da'vat kuchli: Chinakam sabr toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamligiga aytiladi:, Yaqin kishisi vafot etganda johiliyot davridagi odat bo'lgan yoqa yirtish, oritiqcha navxa tortib yig'lash kabi odatlarga amal qilgan zot musulmon sanalmaydi, Marxumlarning faqat yaxshi sifat va qilmishlarini so'zlanglar.O'lgan kishi haqida yomon so'zlar aytilmasin, haqiqiy mo'min deb xushxulq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.97 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.97 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga