Abulqosim Firdavsiy (941-1025)

Abulqosim Firdavsiy (941-1025)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abulqosim Firdavsiy (941-1025) - rasmi

Material tavsifi

Abulqosim Firdavsiy (941 - 1025) Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoiy yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog'ida o'rtahol dehqon oilasida tug'ilgan. Bo'lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya'ni «Jannat» nomli bog'da bog'bon bo'lgan. Firdavsiy dastlab qishlog'idagi diniy maktabda, so'ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so'ng bog'bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo'r zavq bilan o'rganadi, ko'hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G'aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va'da qiladi. Hukmdor va'dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g'azablanib, bu tangalarniga bir bo'lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo'lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G'aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg'inda yuradi. Iroqqa ko'chib borib, Bag'dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o'z ona qishlog'ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo'ydirmaganlaridan so'ng, uni o'zining bog'iga dafn etadilar. «Shohnoma» asari haqida Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo'lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarshshg ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o'ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 400 yil ichida Eron zaminida hukmronlik kilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o'z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim va qonxo'r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o'sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko'pgina dostonlar o'rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag'odning makr-hiylasidan o'ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g'oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O'n shasi muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o'zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo'lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga ol1an. «Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so'z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san'atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin: a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq. b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq. v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go'r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshq. Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G'ozi Yunus), «Siyovush» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.53 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.53 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga