AHMAD DONISH (1827-1897) Ahmad Mahdum ibn Nosir Donish (Ahmad Kalla) 1827-yilda Buxoroda tug'ilgan. Buxorodagi madrasada ilmini charxlagach, ijtimoiy-falsafiy fanlarni mustaqil ravishda o'zlashtirdi. Sharq mumtoz adabiyotining namoyandalari-Hofiz, Sa'diy, Ubaydiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiyning asarlarini chuqur o'rgangan Ahmad Buxoro amiri saroyida munajjimlik vazifasida ishlay boshladi. Asta-sekin Ahmad rus tilini o'rganib, o'z obro'yini saroyda yanada mustahkamladi. Buxoro amirining elchilari qatorida 1857, 1869, 1874-yillarda Peterburgga boradi. O'shanda u ruslarning ijtimoiy hayoti, mamlakatni idora qilish usullari, rus yozuvchi va shoirlarining ijodi bilan yaqindan tanishadi. Buxoroga qaytgach o'zining ko'rgan-bilganlarini qog'ozga tushirgan Ahmal Donish davlatni idora qilishning usullarini tartibga solib, amirga tavsiya qiladi. Ahmad o'zining demokratik va ma'rifatparvarlik qarashlarini «Navodir ul-vaqoe», «Buxoro mang'it amirlarining tarixi» nomli tarixiy-biografik asarlarida real tarzda ifodalashga harakat qilgan. «Abdulqodirbekning elchiligi hamda Rusiyaning to'y bazmlarida ko'rilgan ajoyibotlar haqida» asarida shoir Peterburgdagi to'y tasviri bahonasida real hayotni tasvirldaydi. Avvaliga shaharning go'zal kentlar sirasiga kirishi, Peterburgdagi shoh saroyining go'zal tarzda bezatilganini tasvirlaydi: Peterburg shahri senga poytaxt, Aning chun anga yordur ikki baxt. Eram bog'i bu shahardek bo'lmagay, Buni ko'rgan kishi ani suymagay. To'y bazmi o'tkaziladigan saroy olti qavat, har vaqtda odamlar qat-qat, udi naylar, dutori tanburlar ovozi tinmaydi, devorlarda ipak gilamlar, oltin qandillar osilgan. Quloqqa kirar udi naylar uni, Dutori, setorlar cholur tanburi. Qurilmish edi bu bino olti qat, Hama ust-ust erdi, qatma-qat. Qandillar oltin osilmish edi, Ipakdan gilamlar solinmish edi. To'yga tashrif buyurganlar juft-juft bo'lib kelishgan. Ayollari nozik, ulardan xushbo'y hid taraladi, tanlari xuddi to'lin oydek, bellari ingichka. Turar anda minglarcha hur qizlari, Bo'yinga taqishgan asl durlari. Ko'ringay libos ostidan tanlari, Etar yuz qadamdan alar hidlari. Bosh uzra solmish mush'abid to'ri, Etak gulga to'lmish, beli kokili. Beli qil kabi ko'p ingichka edi, So'z shakkaru, lablari bol edi. Bir qaraganda tasvirda hech qanday mutanosiblik yo'q. Ammo shoir o'z maqsadini parda ichiga o'rab, «Kosa tagida nim kosa» qabilida ifodalaydi, ya'ni o'sha vaqtda Peterburg ayollari o'zlariga zeb berib, oppoq, badannamo kiyimlar kiyishganini bir muncha tanqid qiladi. Chunki shoir ma'naviyati uchun badanni ko'rsatish, yarim yalang'och yurish nomaqbul sanalgan. Ahmad Donishning «Rusiyaga qilingan yana bir safar haqida» asari haqqoniylik real tasvirlash jihatidan alohida tahlilga loyiq. Voqea muallif tilidan bayon qilinadi. Tasvirlanishicha, Amirning xos elchilari Said Abdulfattoh to'ra Abdulqosimbey bilan birga Ahmad Buxorodan Rusiyaga yo'l oladi. U yerda qabul qilingan qoidaga binoan elchilarga shaharning diqqatga sazovor joylari, zavod va fabrikalar, maktab va kutubxonalar, xazina va qo'riqxonalar ko'rsatiladi. Shoirning eng avvalo diqqatini tortgan joy har bir shahardagi bazmxona-kechki kafelardir. Xuddi oldingi asarida tanqid qilinganidek bazmxonalardagi holatlar real tasvirlanadi: «Rusiyadagi har bir ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.7 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.7 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: docx